Partiya tarixi

Sana: 15.04.2014 19:03

TADBIRKORLAR VA ISHBILARMONLAR HARAKATI – O‘ZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

TARIXIDAN

2003 yil 4-5 oktabr  –  bir guruh tashabbuskorlar   –   kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va fermerlardan iborat mulkdorlar qatlami, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari hamda boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan umummilliy siyosiy tashkilot, ya’ni partiya tuzish tashabbusi bilan chiqishdi.

2003 yil 7 oktabr – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ushbu tashabbuskor guruh a’zolari bilan uchrashdi.

2003 yil 15 noyabr  –  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Ta’sis S’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Dasturi va Ustavi tasdiqlandi, Siyosiy Kengash hamda Markaziy nazorat-taftish komissiyasi tarkibi saylandi.

Shu kuni Toshmatov Qobiljon Fattoxovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.

2003 yil 3 dekabr  –  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tdi.

2004 yil 1 yanvar – «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etildi.

2004 yil 24 may – O`zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi II Majlisida Axmedjanov Maxamadjon Axmedovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.

2004 yil 26 dekabr  –  partiya ilk bor O’zbekiston Respublikasi Oliy  Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 41 nafar deputatlik o‘rnini egallagan O`zLiDeP parlamentda eng yirik fraksiyani tashkil etdi. Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga 1908 nafar deputat saylandi.

2005 yil  –  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining tashabbusi bilan O’zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi. Aynan, mazkur Assotsiatsiyaning sa’y-harakati bilan bugun mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan va aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilayotgan 400 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari yagona tuzilmaga birlashdi. Partiya ushbu tashkilot faoliyatiga yaqindan ko‘mak berish tarafdori.

2005 yil 19 mart    –    O`zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi V Majlisida Teshaboyev Muxammadyusuf Mutalibjonovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.

2005 yil 25 iyul – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdan tashqari III S’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Dasturi va Ustaviga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

2006 yil  –  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ta’sischiligida Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etildi. Shu kunga qadar 4000 mingga yaqin tadbirkor va fermerlarning qonuniy huquq va manfaatlari Markaz tomonidan himoya qilindi. Bundan tashqari, mamlakat parlamentida tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qator qonunlar qabul qilindi, shuningdek, hukumat tomonidan tegishli qonunosti hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

2006 yil 7 dekabr – O`zLiDeP Siyosiy Kengashining VIII Majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

2007 yil 6 noyabr  –  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining IV S’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga navbatdagi saylovda O`zLiDePdan nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Partiya S’ezdi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mazkur yig‘ilishda I.Karimov «Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish – oliy  saodatdir» nomli ma’ruza bilan ishtirok etdi.

2007 yil 27 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Islom Abdug‘aniyevich Karimov g‘alaba qozondi.

2008 yil 20 sentabr – O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning dasturiy vazifalarini hayotga tatbiq qilish hamda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun talablarini bajarish doirasida partiya tuzilmalari va deputatlik guruhlari tomonidan olib borilayotgan ishlar holati va navbatdagi vazifalar haqida»gi masala ko‘rib chiqildi.

2009 yil 27 dekabr – O`zLiDeP O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 53 nafar  deputatlik o‘rnini egallagan O`zLiDeP ikkinchi bor parlamentdagi eng yirik fraksiyani tashkil etdi. Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga 2159 nafar deputat saylandi.

2010 yil 2 fevral   –   O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O`zLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi hamda O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyalari o‘rtasida «Demokratik  kuchlar bloki»ga birlashish to‘g‘risida Bitim imzolandi.

2010 yil 18 dekabr – O`zLiDeP Siyosiy Kengashining II Majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Islom Karimovning «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi» nomli ma’ruzasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan O`zLiDePning aniq maqsadli kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.

2011 yil 15 iyul – parlamentdagi O`zLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan mamlakat tarixida ilk bor O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining «Demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish borasida Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi, shuningdek, «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi ijrosining borishi to‘g‘risida»gi hisoboti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma yig‘ilishida eshitildi.

2012 yil 31 mart – O`zLiDeP Siyosiy Kengashining IV Majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konsepsiyasi» hamda «Mustahkam oila yili» Davlat dasturining ijrosi bo‘yicha O`zLiDeP tomonidan 2012  yilda  amalga oshiriladigan partiyaviy loyihalar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

2013 yil 2 dekabr   –   O`zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi VI Majlisida Sodiqjon Turdiyev Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.

2012 yil  –  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Bosh bitim imzolandi. Hozirgi kunda mazkur bitim doirasida tabdirkorlar muammolarini yaqindan o‘rganish va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

2013 yil  –  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va O’zbekiston Fermerlari kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Bosh bitim imzolandi. O`zLiDeP O’zbekiston Fermerlari kengashi va uning hududiy tuzilmalari bilan hamkorlikda fermerlik harakatini yanada rivojlantirish, fermerlar oldida turgan muammolarni o‘rganish, ularni hal qilishni asosiy vazifa deb biladi va bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirib boradi.

2014 yil 13 sentabr - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Ciyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda O’zLiDeP ning 2014 yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlardagi faol ishtirokini ta’minlash va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

2014 yil 30 sentabr - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Ciyosiy Kengashining VIII majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda O’zLiDePning faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan olib borayotgan faoliyati hamda navbatdagi ustuvor vazifalar, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Saylovoldi dasturi loyihasi, O’zLiDePning navbatdagi VI S’ezdini chaqirish va shu munosabat bilan hududiy partiya tashkilotlarining konferensiyalarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

2014 yil 31 oktabr - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VI S’ezdi bo‘lib o‘tdi. S’ezd kun tartibida partiyaning o‘tgan 5 yillik ish faoliyati sarhisobi va kelajakdagi rejalari, shuningdek, mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy voqea hisoblangan bo‘lajak saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi, muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Partiyaning S’ezdida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovida faol ishtirok etish masalalari muhokama qilindi, delegatlar tomonidan partiyaning Saylovoldi dasturi tasdiqlab olindi va O’zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatildi.

2014 yil 21 dekabr – O’zLiDeP O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Saylovlar natijasiga ko‘ra, O’zLiDeP parlament quyi palatasida eng ko‘p – 52 o‘ringa, xalq deputatlari viloyat Kengashlarida – 307 (38%), tuman (shahar) Kengashlarida esa – 1806 (35%) deputatlik o‘riniga ega bo‘lib, parlamentda o‘zining fraksiyasini, joylardagi vakillik organlarida esa – o‘z deputatlik guruhlarini shakllantirdi.

2015 yil 5 yanvar - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O’zLiDePdan Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlardan iborat partiya fraksiyasini ta’sis etish masalasini muhokama etish kun tartibidagi asosiy masala bo‘ldi.  

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi S.Turdiyev fraksiya rahbari etib saylandi. 

2015 yil 15 yanvar - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda joriy yilning 29 mart kuni bo‘lib o‘tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O’zLiDePning ishtiroki bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. Siyosiy Kengash Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomzodini ko‘rsatish masalasini partiyaning VII S’ezdi muhokamasiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

2015 yil 6 fevral - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VII s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda jami 344 nafar delegat ishtirok etdi. S’ezd kun tartibida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi to‘g‘risidagi masala atroflicha ko‘rib chiqildi.

S’ezd “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdug‘aniyevich Karimovni nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Mazkur yig‘ilishda Islom Karimov «Bizning maqsadimiz – erkin va farovon, demokratik hayot qurish» nomli ma’ruza bilan ishtirok etdi.

2015 yil 14 mart - Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda parlamentning quyi palatasida “Demokratik kuchlar bloki”ni tuzish masalasi muhokama etildi. Muhokama yakunlariga ko‘ra Tabirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalari qo‘shma faoliyatining asosiy shartlari va ustuvor yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi ikki tomonlama Bitim imzolandi.

2015 yil 12 dekabr - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda asosiy e’tibor Prezidentimiz Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat” mavzuidagi ma’ruzasini har tomonlama o‘rganishga, O’zLiDeP  tuzilmalari va deputatlik birlashmalarining ma’ruzadan kelib chiquvchi vazifalari hamda partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish yo‘llariga qaratildi.

2015 yil 25-26 dekabr -  O’zLiDeP ning “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti”, “Yilning eng yaxshi deputati” va “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” tanlovi bo‘yicha Toshkent viloyatidagi “Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan boshlang‘iya partiya tashkiloti, “Yil deputati” tanlovi bo‘yicha xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashidagi O’zLiDeP  deputatlik guruhi a’zosi Tohir Baxronov hamda “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti” tanlovi bo‘yicha esa O’zLiDeP Samarqand shahar kengashi mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

2016 yil 22 yanvar -  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiquvchi partiyaning ustuvor vazifalari muhokama qilindi. 

2016 yil 16 aprel - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturidan kelib chiqadagan partiyaning ustuvor vazifalari, partiyaning o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari hamda 2016 yilga mo‘ljallangan Amaliy chora-tadbirlar kompleks harakat dasturiga o‘zgartish kiritish masalalari muhokama qilindi.

Partiyaning markaziy nashri – «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasi.

Partiyaning rasmiy veb-sayti: www.uzlidep.uz, E-mail: uzlidep@uzlidep.uz

1528