E’lon

26.02.2018, 11:48

E’lon

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zLiDePning barcha partiya tashkilotlari, barcha pog‘onadagi deputatlari, partiya deputatlik guruhlari tomonidan joriy yilning mart oyida “Hududlarda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollari” o‘rganiladi:

-Hududda YaTT rivojlantirish dasturi ishlab chiqilganmi?

-YaTT rivojlantirish borasida qanday chora-tadbirlar belgilangan?

-YaTTlarning eksport-importdagi ishtiroki masalalari;

-YaTTlarga yer-joy ajratish, kommunal tizimga o‘lash masalalari;

-YaTTlarni tegishli axborot va ma’lumotlar bilan ta’minlash masalalari; 

-Hunarmand - YaTT faoliyatini rivojlantirish borasidagi ishlar;

-Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida YaTT rivojlantirish deputatlik guruhlari tomonidan ko‘tarilganlik masalalari;

-Hududlarda amalda qancha YaTT faoliyat yuritmoqda (faoliyat turi, shakli, YaTTlarning yoshiga oid ma’lumotlar, YaTTlarning necha foizini ayollar tashkil etadi); 

-Hududlarda amalda faoliyat yuritmayotgan, faoliyatini to‘xtatgan, faoliyatini tugatgan, davlat reyestridan chiqarilgan YaTT va bu holatlarning kelib chiqish sabablari;

-YaTTlarning majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi va ularni bartaraf etish masalalari;

-YaTTlarga kredit ajratishning holati, kredit ajratishda xalqaro tajriba tahliliga asosan ta’minotning muqobil shakllarini qo‘llash masalalari.

YaTTlar bilan birga:

-YaTTlarning muammolari, savollari, taklif va mulohazalarini jamlash;

-Bozorlar hududida faoliyat yurituvchi YaTTlarning joyga bo‘lgan ijara shartnomalarining huquqiy holati va YaTTlarning yer-joy bilan bog‘liq mulk huquqi masalalarini o‘rganish;

-YaTTlar tomonidan o‘z faoliyatlarida naqd va naqd pulsiz faoliyat, bu boradagi qilinishi lozim ishlar to‘g‘risida YaTTlarning takliflari tahlil etiladi.

Sudlarda:

- YaTT ishtirokidagi nizolarni yechimini topish, nizolarni imkon qadar kamaytirish maqsadida, YaTT bilan YaTTlar o‘rtasidagi hamda YaTTlar va boshqa sub’ektlar o‘rtasidagi nizolarning ko‘rib chiqilishi yuzasidan tegishli ma’lumotlar olinib, tahlil etiladi;

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi va partiyaning parlamentdagi fraksiya a’zolari, Ekspert guruhlari tomonidan:

-O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda ular asosida ishlab chiqilgan tegishli qonun osti hujjatlarida yakka tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslariga doir belgilangan normalar, bu boradagi xorijiy tajriba tahlil etiladi. Tahlil natijalariga ko‘ra sohaning huquqiy asosi takomillashtirilishi realashtirilgan.

Shuningdek, o‘rganish natijalari ko‘ra, YaTT faoliyatini rivojlantirish masalasi Respublikamizning turli hududlaridagi 30 dan ortiq xalq deputatlari tuman(shahar) kengashlarining sessiyalarida muhokama etilishi nazarda tutilgan.Ushbu eshituvlar yakunidan O‘zLiDeP mazkur Xalq deputatlari tuman(shahar) Kengashlariga “YaTT rivojlantirish” Dasturlari va Yo‘l xaritalarini ishlab chiqishda ko‘maklashishni maqsad qilgan.

Tashkil etilayotgan o‘rganishlarning asosiy maqsadi esa: tadbirkorlar ko‘paysin, xalqimiz boy bo‘lsin, turmushimiz yanada obod va farovon bo‘lishidir!

YaTT rivojlantirish yuzasidan savollar, fikr-mulohaza va takliflaringiz bo‘lsa, uzlidep@uzlidep.uz elektron manziliga yo‘llashingiz mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar, ekspertlar, soha olimlari va mutaxassislarini o‘z taklif va mulohazalarini bildirishlarini so‘raymiz!

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2039
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+