TANLOV E'LON QILINADI

03.04.2018, 12:11

TANLOV E'LON QILINADI

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi  “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” doirasida

“FAOL TADBIRKOR — IJODKOR NIGOHIDA”

respublika ijodiy tanlovini e’lon qiladi!

Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini, shu jumladan, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish, faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or texnologiyalar asosida shakllantirib, boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan, bir so‘z bilan aytganda, zamonamiz qahramonlari deyishga arziydigan ishbilarmon, tadbirkor, fermerlar siymosini yaratishga chog‘langan ijodkor qalamkashlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Tanlov

— “Eng yaxshi badiiy asar”;

— “Eng yaxshi publitsistik maqola”;

— “Eng yaxshi videorolik” yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

Har bir yo‘nalishda l, 2, 3-o‘rin g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi hamda ularga diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi.

1-o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida.

2-o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida.

3-o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida.

Shuningdek,  “Yosh tadbirkor obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun”.  “Zamonaviy tadbirkor ayol obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun” nominatsiyalari bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofotlar ta’sis etilgan.

Asosiy hamkorlarimiz – O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy materiallar 2018 yilning 1 noyabriga  qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

 Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 73-A uy, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi.

Murojaat uchun telefonlar: (0371) 255-29-91, 254-01-22

Elektron pochta: tanlov@uzlidep.uz

Tanlov g‘olib va sovrindorlari 2018 yil 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi bayrami arafasida e’lon qilinadi.

“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” doirasida O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan

“FAOL TADBIRKOR — IJODKOR NIGOHIDA”

mavzuidagi respublika ijodiy tanlovi to‘g‘risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Nizom badiiy adabiyot, kino va jurnalistika sohasida zamonamiz qahramonlari – mamlakatimizning nafaqat iqtisodiy taraqqiyoti, balki ijtimoiy-siyosiy hayotida ham yetakchi kuchga aylanib ulgurgan bugungi kunning faol tadbirkori va fermeri siymosini yaratish, ularning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rnini badiiy obrazlarda ifodalash, jamiyatimizda, birinchi navbatda yoshlar orasida, faol tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish, ishbilarmonlarning innovatsion g‘oyalarini keng targ‘ib qilish kabi masalalarni samarali hal etishga ko‘maklashish maqsadida ijodkorlar o‘rtasida respublika ijodiy tanlovini (keyingi o‘rinlarda – tanlov deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1.2. Tanlovda mamlakatimiz hamda boshqa davlatlarda yashovchi barcha iste’dodli jurnalist, yozuvchi va boshqa ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.

  1. Tanlovning maqsadi

2.1. Tanlovning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

- O‘zbekistonimizning innovatsion rivojlanish, informatsion jamiyatni shakllantirish yo‘liga o‘tishi – mamlakatimiz raqobatbardoshligini va jamiyatimizning barqaror rivojlanishini ta’minlashning kafolati ekanligini e’tirof etgan holda, innovatsion taraqqiyot modellarini qo‘llaydigan, ishlab chiqarishga ilg‘or g‘oyalar, «nau-xau» va «aqlli» texnologiyalarni joriy etadigan, eksport qilish hisobidan mamlakatimizning tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar qatoridan o‘rin olishiga hissa qo‘shadigan, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod vakillarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlashga, tadbirkorlik va fermerlik faoliyatidagi ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirishga ko‘maklashishi mumkin bo‘lgan asarlar yaratishni rag‘batlantirish;

- faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan, biznes faoliyatini aql idroki va kuch-g‘ayratini O‘zbekiston taraqqiyotiga bag‘ishlaydigan, farzandlarining taqdirini shu jannatmonand zamin taqdiridan ayri tasavvur etolmaydigan, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib, yangi ish o‘rinlari yaratib, butun jamiyatga naf keltiradigan, Vatanimizni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga olib chiqish, xalqimizning farovon hayotini ta’minlashdek ezgu maqsadlar yo‘lida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirok etayotgan tadbirkor va ishbilarmonlar – zamonamizning haqiqiy qahramonlari obrazini shakllantirish;

- mamlakatimiz faol tadbirkor va fermerlarining samarali faoliyatini, ularning yurtimiz iqtisodiyoti raqobatdoshligini ta’minlash va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini oshirish borasidagi innovatsion g‘oya va loyihalarini, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga tashqi investitsiyalarni jalb etish yuzasidagi faoliyatlarini ijodiy materiallar orqali alohida e’tirof etgan holda ularni yangi marralar sari undash;

- turli janrlardagi badiiy-publitsistik asarlar, xususan shijoatli, tashabbuskor, saxovatpesha va vatanparvar ishbilarmonlar obrazini gavdalantiradigan, yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlar samarasi, avvalambor, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, zamonaviy va faol tadbirkorlar safini kengaytirishga, yoshlarni ruhlantirishga xizmat qiladigan badiiy-publitsistik materiallar orqali yurtimizda faol tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirish.

  1. Tanlov tashkilotchilari va hamkorlari, uning tarkibi va vazifalari

3.1. Tanlov tashkilotchisi tomonidan ma’lum bir tarkibda tanlov komissiyasi tuziladi va ishchi guruhi a’zolari belgilanadi.

3.2. Tanlov komissiyasi tanlovni samarali tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga soladi hamda mazkur jarayonni shaffoflik, adolatlilik mezonlari asosida o‘tishini ta’minlaydi.

3.2. Hamkorlar – O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi.

  1. Tanlovni o‘tkazish tartibi va muddatlari

4.1. Ijodiy tanlov bir bosqichda o‘tkaziladi:

4.2. Tanlov komissiyasi 2018 yilning 25 noyabriga qadar eng yaxshi ishlarni tanlab, g‘olib va sovrindorlarni aniqlaydi.

4.3. Ijodiy ishlar 2018 yil 1 noyabriga qadar tanlov komissiyasi ko‘rib chiqishi uchun quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 73-A uy, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi.

Telefonlar: 254-01-22, 255-29-91

Elektron manzil: tanlov@uzlidep.uz  

  1. Tanlovning asosiy yo‘nalishlari va nominatsiyalari

5.1. Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

- “Eng yaxshi badiiy asar”;

- “Eng yaxshi publitsistik asar” (matbuot, teleradio, internet);

- “Eng yaxshi videorolik”.

Ikkinchi va uchinchi yo‘nalishlar bo‘yicha ommaviy axborot vositalari (shu jumladan, televideniye va internet saytlari) da e’lon qilingan materiallar qabul qilinadi.

5.2. Har bir yo‘nalishda tanlovning l, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanadi.

5.3. Bundan tashqari quyidagi yo‘nalishlarda rag‘batlantiruvchi mukofotlar joriy etiladi:

- “Yosh tadbirkor obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun”.

- “Zamonaviy tadbirkor ayol obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun”.

Ushbu nominatsiyalar bo‘yicha boshqa jurnalistik materiallar uchun ham rag‘batlantiruvchi mukofotlar ko‘zda tutiladi.

  1. Ko‘rik-tanlov Hakamlar hay’ati

6.1. Tanlov natijalari xolisona bo‘lishi uchun O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda hamkorlar tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha tanlov komissiyasi tuziladi.

6.2. Tanlov komissiyasi tarkibiga malakali yozuvchi-shoir, jurnalistlar, sohaning yetuk mutaxassislari, deputatlar kiritiladi.

6.3. Tanlov komissiyasi qarori asosida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib va sovrindor ishtirokchilar aniqlanib, mukofotlar topshiriladi:

6.4. Tanlov komissiyasining Bayonnomasi ko‘rik-tanlov g‘olibini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

  1. Tanlov ishtirokchilari

7.1. Ijodiy tanlovda respublikamizda va undan tashqarida bosma, internet nashrlari va teleradiokanallarida faoliyat yuritayotgan erkin ijodkorlar, jurnalistlar ishtirok etadi.

  1. Tanlovda ishtirok etish uchun topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar

8.1. Ijodiy ishlar, xususan, internet yoki bosma nashrdagi publitsistik materiallar davriy nashrlarda, internetdagi maqola esa A-4 formatdagi qog‘ozda e’lon qilingan sayt manbasi ko‘rsatilgan holda taqdim etilishi lozim. (Ishning hajmi – 1,5 intervalda, Times New Roman, 14 shriftda bo‘lishi kerak.)

8.2. Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar diskka ko‘chirilgan holatda taqdim etilishi lozim(texnik nosoz deb topilgan ishlar ko‘rib chiqilmaydi).

8.3. Ijodiy ish yozilgan elektron manba (CD, DVD, flash) tanlov ishiga ilova qilinadi.

8.4. Titul varag‘ida quyidagilarni ko‘rsatish lozim:

- muassasa nomi, pochta indeksi va manzili;

- ish mavzusi;

- muallif haqida ma’lumotlar

(familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi, pochta indeksi, uy manzili,

telefon);

8.5. Mazkur Nizom talablariga javob bermaydigan ishlar tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

8.6. Qabul qilingan ishlar qaytarilmaydi. 

  1. Tanlov g‘oliblari va ishtirokchilarini taqdirlash

9.1. Tanlov yakunlarini tanlov komissiyasi o‘tkazadi.

9.2. G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash tanlov komissiyasi xulosasi va qaroriga binoan O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan yoki hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi kelishuvga asosan qimmatbaho sovg‘alarni taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

9.3. Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarga diplomlar va quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi.

Birinchi o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 100 barobari miqdorida.

Ikkinchi o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 50 barobari miqdorida.

Uchinchi o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 25 barobari miqdorida.

  1. Yakuniy qoidalar

10.1. Tanlov ishtirokchilari hujjatlari va ijodiy ishlanmalari mazkur Nizomda belgilangan muddatda taqdim etilmagan, sifatsiz taqdim etilgan yoki to‘liq taqdim etilmagan, shu bilan birga, yolg‘on va asoslanmagan hujjatlar taqdim etgan taqdirda ishtirokchi tanlovdan chetlashtiriladi.

10.2. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq ushbu Nizomda ko‘rsatilmagan holatlar tanlov komissiyasi xulosasi yoki qaroriga asosan hal etiladi.

 

Eslatma: Tanlov komissiyasi a’zolari – hakamlar hay’ati tanlov yakunida tashkilotlar tomonidan rag‘batlantirilishi ko‘zda tutiladi.

  • Ko'rildi
    1104
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Шерматов Бурхон Рахимович2018-07-25 16:38:51

Танловга жўнатиладиган ишларнинг қандай хажмда бўлиши аниқ кўрсатилса мақсадга мувофиқ бўлур эди. Масалан телевиидениеда тадбиркор ҳақида ҳар хил хажмда, ҳар хил жанрда турли хажмда материал қилиниши мумкин. Видеороликлар хронометражи эса одатда бир дақиқадан ошмаслиги керак. Қўйилган мукофот пуллари миқдори жуда салмоқли. Унда мамлакатимиз кўплаб ижодкорлари қатнашишларига шубҳа йўқ.


Дилноза2018-05-22 16:39:20

Ушбу танлов ҳар бир ҳудуддаги ижодкор, изланувчан, ташаббускор шу билан бирга тадбиркорларни ўз атрофига бирлаштиради, деб ўйлайман. Бу нафақат ижодкорликда, балки тадбиркорликда ҳам иннавацион ғояларни шакллантириб бориш, уларни қўллаб-қувватлаш ҳам биз одимлаб бораётган йўлнинг равонлигини ошириши шубҳасиз. Барча ижодкорларга омад.


Дилноза2018-05-22 16:30:36

Ташкил этилган ушбу танловда уюшмаган ёшлари ҳам иштирок этиши мумкинми. Умуман олганда ушбу танлов яна бир бор ижодкорларни уйғоқликка, изланишга ва энг асосийси яна бир бор бирдамликка ундаши шубҳасиз. Бундай танловларни наминациялар бўйича ёшлар ўртасида ҳам ўтказилиб турилиши тарафдоримиз.


xusanboy2018-05-19 13:34:53

tanlov yaxshi tashkilashtrilgan unda faqat junalislar qatnashishi mumki qolganlarchi? bunday tanlovlarni ko'proq o'tkazish kerak lekinunda hamma qatnashaolsin


xusanboy2018-05-19 13:24:42

tanlov yahshi tashkil qilingan nima uchun unda hamma ishtirok eta olmasligini esa tushumadim ho'sh bunday tanlovda faqat junalislar ishtirok etishi kerakmi? qolganlarchi?


Asrorova Mahliyo2018-05-16 23:11:49

Tanlov biz yoshlarga yaxshi imkoniyat yaratib beradi albatta, ammo bu tanlovda ishtirok etish uchun jurnalist bo'lish shartmi? Havaskor yozuvchi bo'lsak-u yozgan ishlarimiz hech qayerda chop etilmagan bo'lsa ishtirok eta olmaymizmi?


Asrorova Mahliyo2018-05-16 23:11:49

Tanlov biz yoshlarga yaxshi imkoniyat yaratib beradi albatta, ammo bu tanlovda ishtirok etish uchun jurnalist bo'lish shartmi? Havaskor yozuvchi bo'lsak-u yozgan ishlarimiz hech qayerda chop etilmagan bo'lsa ishtirok eta olmaymizmi?


Asrorova Mahliyo2018-05-16 23:11:49

Tanlov biz yoshlarga yaxshi imkoniyat yaratib beradi albatta, ammo bu tanlovda ishtirok etish uchun jurnalist bo'lish shartmi? Havaskor yozuvchi bo'lsak-u yozgan ishlarimiz hech qayerda chop etilmagan bo'lsa ishtirok eta olmaymizmi?


Asrorova Mahliyo2018-05-16 23:11:49

Tanlov biz yoshlarga yaxshi imkoniyat yaratib beradi albatta, ammo bu tanlovda ishtirok etish uchun jurnalist bo'lish shartmi? Havaskor yozuvchi bo'lsak-u yozgan ishlarimiz hech qayerda chop etilmagan bo'lsa ishtirok eta olmaymizmi?


Алижонов Адхамжон2018-05-02 22:37:39

Юқоридаги танлов юртимизда қалам ахлига бўлан катта ишончнинг кичик бир томчисидир. Ижодкорлар эса ушбу томчилардан обихаёт сифатида фойдаланиб, хақимизнинг буюк тарихи ва ёқин келажагини ёритишда фойдаланмоғи керак. Ушбу танловларни ташкил этаётган мутасадди ва рахбарларга ўзимнинг энг езгу тилакларимни билдириб А.Алижонов


Fikringizni qoldiring

+