Farg‘onada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish istiqbollari muhokama etiladi

21.11.2017, 12:42

Farg‘onada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish istiqbollari muhokama etiladi

28 noyabr kuni Farg‘ona davlat universitetida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi bilan hamkorlikda “Markaziy Farg‘onada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Unda olimlar, tadqiqotchi-izlanuvchilar, magistrantlar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.

Konferensiya “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi va Prezidentimizning “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi, shuningdek, Yurtboshimizning 2017 yil 22 iyundagi Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida belgilab bergan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga qaratilgan.

Konferensiyada qishloq xo‘jaligi yerlarining irrigatsiya va melioratsiyasida tejamkor texnologiyalardan foydalanish, qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirishdagi muammolar, markaziy Farg‘ona yerlarida qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish va uni takomillashtirish masalalari, oziq-ovqat dasturining holati va istiqbollari muhokama etiladi.

Konferensiya ishida o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi ma’ruzalar bilan ishtirok etish mumkin.

TASHKILIY QO‘MITA

Toshkent sh. Mirobod tumani Nukus ko‘chasi, 73a-uy.

O‘zLiDeP, Tadbirkor va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash markazi.

Tel: +99871-2555353; +99871-2392651

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2833
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

y.salimov UzLiDeP ijrochi kotibi2018-12-26 19:38:19

Tadbirkorlarga qancha kumak bersak va madad bersak oz ulardan urganadiganlarimiz kup tadbirkorlar nafaqat uzini balki davlat va xalqni boy qilishga xarakat qilishadi ularga bu masulyatli va sharafli mexnatda charchamang dep qolamiz


У.Боймуродов O'zLiDeP Косон туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-12-26 14:11:57

Президентимизнинг 13 декабрь куни вилоятимизга ташрифлари чоғида давлатимиз раҳбарининг халқ билан ўтказган учрашув ва мулоқотлари, янги лойиҳалар тақдимоти чоғида билдирган фикрлари, вилоятимизни янада ривожлантириш, аҳоли турмуш фаровонлигини юксалтириш борасида белгилаб берилган вазифалар вилоятимиз аҳли қалбида дахлдорлик туйғусини кучайтирди, эртанги кунга ишончини янада мустаҳкамлади.


Fikringizni qoldiring

+