Fraksiya a'zolari

Abduqodirov Abdurashid Tolibjonovich

Abduqodirov Abdurashid Tolibjonovich

Abdukodirov Abdurashid Tolibjonovich 1976 yil 14 yanvarda Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1993-1998 yillarda Farg‘ona davlat universitetida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – matematik, matematika o‘qituvchisi. fizika-matematika fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyatini 1998 yil Farg‘ona davlat universiteti “Differensial tenglamalar” kafedrasi shogird-tadqiqotchilikdan boshlagan.

1999-2003 yillarda Farg‘ona davlat universiteti aspiranti, 2003-2007 yillarda Farg‘ona davlat universiteti “Differensial tenglamalar” kafedrasi o‘qituvchisi, 2007-2009 yillarda Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti dekan o‘rinbosari, 2009-2011 yillarda Farg‘ona davlat universiteti “Umumiy matematika” kafedrasi mudiri, 2011 yil davomida Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti dekani, 2011-2015 yillarda Farg‘ona politexnika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Artikov Bekzod Xatamovich

Artikov Bekzod Xatamovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Artikov Bekzod Xatamovich 1982 yil 27 yanvarida Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. 

1999-2003 yillarda Toshkent davlat yuridik institutining bakalavr yo‘nalishida, 2003-2005 yillarda Toshkent davlat yuridik instituti magistra yo‘nalishida, 2007-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

2009-2010 yillarda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2010-2011 yillarda Andijon viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2011-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2014-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Babashev Qutlimurat Aytmuratovich

Babashev Qutlimurat Aytmuratovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Babashev Qutlimurat Aytmuratovich 1975 yil 25 avgustda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. Millati - qoraqalpoq .

1995-1998 yillarda Toshkent davlat texnika universitetida (hozirda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti) tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mataxassisligi – mexanik-muhandis. Texnika fanlari nomzodi

Mehnat faoliyatini 1992 yilda Xo‘jayli tumani dehqon xo‘jaligida ishchilikdan boshlagan.

1998-2007 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti stajyor-tadqiqotchisi, aspiranti, katta o‘qituvchisi, 2007-2011 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika-mashinasozlik fakulteti dekan muovini, 2011-2012 yillarda “TOSHAFUS” O‘zbek-Koreya qo‘shma korxonasi sifat bo‘yicha muhandisi, 2012-2014 yillarda “TOSHAFUS” O‘zbek-Koreya qo‘shma korxonasi bosh direktori, 2014-2015 yillarda“TOSHAFUS” O‘zbek-Koreya qo‘shma korxonasi, bosh direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2015 yil 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bafaev Shuhrat Gafurovich

Bafaev Shuhrat Gafurovich

Bafayev Shuxrat Gafurovich 1963 yil 19 sentyabrda Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1980-1985 yillarda A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 1985 yilda Sirdaryo viloyat ijroiya ko‘mitasi Adliya bo‘limi maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

1986-1987 yillarda Buxoro viloyat ijroiya ko‘mitasi xuquqiy maslahatchisi, 1988-1990 yillarda Buxoro viloyati davlat muassasalari xodimlari kasaba uyushmasi ko‘mitasining raisi o‘rinbosari, 1990-1991 yillarda Buxoro viloyati ijroiya ko‘mitasi Adliya bo‘limi katta maslahatchisi, 1991-1992 yillarda Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, 1992-1994 yillarda Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi Sudlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash bo‘limining bosh maslahatchisi, 1994-2003 yillarda Sirdaryo davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, 2003 2005 yillarda  Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi inson xuquqlarini ximoya qilish bo‘limining boshlig‘i, o‘rindoshlik asosida Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti Buxoro viloyat filiali katta ilmiy xodimi, 2005-2006 yillarda  Buxoro shahar “Advokat” advokatlik firmasining advokati, o‘rindoshlik asosida Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti Buxoro viloyat filiali katta ilmiy xodimi, 2006-2011 yillarda  Fuqarolik jamiyati o‘rganish instituti Buxoro viloyati mintaqaviy axborot-tahlil markazi rahbari, 2011-2015 yillarda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Buxoro mintaqaviy bo‘linmasi rahbari lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi  Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Butaev O'tkir Umirovich

Butaev O'tkir Umirovich

Butayev Utkir Umirovich 1971 yil 29 avgustda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1989-1995 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutahassisligi – buxgalteriya hisobi nazorat va xo‘jalik faoliyati tahlili.

Mehnat faoliyatini 1988 yilda Shahrisabz tayyorlov korxonasi buxgalter shogirdi lavozimidan boshlagan.

1989-1995 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi, 1995-1997 yillarda “O‘zsanoatqurilishbank” huzuridagi Operatsiya boshqarmasi Buxgalterlik hisoboti bo‘limi mutahassisi, Qo‘shma korxonalariga kredit berish, tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish bo‘limi mutahassisi, 1997-1998 yillarda O‘zbekiston “Sanoat qurilish banki”ning Ichki audit boshqarmasi  mutahassisi, 2-toifali mutahassisi,  1-toifali mutahassisi, 1998-1999 yillarda DA “O‘zuyjoyjamg‘armabank”ning Nazorat–taftish boshqarmasi yetakchi mutahassisi, bosh mutahassisi, “O‘zsanoatqurilishbank”ning Yakkasaroy bo‘limi boshqaruvchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi,  1999-2004 yillarda AT “Paxta” bankning Kassa operatsiyalari boshqarmasi 1-toifali mutahassisi, bosh mutahassisi, Tadbirkorlarni, kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini   kreditlash boshqarmasi  bosh mutahassisi, bo‘limi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i, 2004-2008 yillarda AT “Paxta” banki Kichik biznes sub’ektlarini  kreditlash boshqarmasi boshlig‘i, 2008-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qashqadaryo viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2009-2011 yillarda “Agrobank” OATBning Qishloq xo‘jaligini kreditlash va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i, 2011-2012 yillarda OATB “Qishloq qurilish bank” Pul muomalasi departamenti boshqarmasi boshlig‘i, 2012-2014 yillarda “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruv raisining o‘rinbosari, 2014-2015 yillarda “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Jumaev Oybek Charievich

Jumaev Oybek Charievich

Djumayev Oybek Chariyevich 1968 yil 5 noyabrda Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1985-1992 yillarda Termiz davlat pedagogika institutida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisasligi – tarix va jamiyatshunoslik. Siyosiy fanlar nomzodi.  2005 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

1992-1997 yillarda Termiz davlat universiteti “Falsafa” kafedrasi o‘qituvchisi, 1997-2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi aspiranti, 2001-2003 yillarda Toshkent moliya instituti “Falsafa” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2003-2006 yillarda Toshkent moliya instituti ma’naviyat  va ma’rifat masalalari bo‘yicha birinchi prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, 2004-2007 yillarda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti “Fuqarolik jamiyatini shakllanishida mentalitet, urf-odat, milliy va tarixiy xususiyatlarni  o‘rganish loyihasi” bosh ilmiy xodimi, 2007-2015 yillar davomida I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Jumamuratova Klara Shahnazarovna

Jumamuratova Klara Shahnazarovna

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Djumamuratova Klara Shaxnazarovna 1961 yil 27 iyulda Xorazm viloyati, Urganch shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1979-1985 yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – texnolog-muhandis. 2002 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini 1978 yildan 21-qurilish trestiga qarashli 1-ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonna ishchisi lavozimidan boshlagan. 1981-1983 yildan Toshkent shahar 4-sonli bolalar shifoxonasi bo‘linmasining kichik hamshirasi, 1985-1996 yildan Xorazm tikuvchilik ishlab-chiqarish birlashmasining bo‘lim boshlig‘i, sifat bo‘yicha direktor o‘rinbosari, bosh muhandisi, 1996-2005 yillarda “Feruz-Xorazm”  tikuvchilik aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimlarida ishlagan.

2005 yildan bugungi kungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Jamoldinova Odinaxon Rasulovna

Jamoldinova Odinaxon Rasulovna

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Jamoldinova Odinaxon Rasulovna 1970 yil 29 mayda Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1988-1992 yillarda Toshkent davlat pedagogika institutida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - pedagogika va psixologiya o‘qituvchisi. Pedagogika fanlari doktori.

Mehnat faoliyatini 1992 yilda Toshkent davlat pedagogika institutida o‘qituvchilikdan boshlagan.

1999 yilda Jizzax viloyati hokimligi oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha kotibiyati yetakchi mutaxassisi, 1999-2002 yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi, 1999-2008 yillarda Respublika Oila ilmiy-amaliy markazi Jizzax viloyat bo‘limi direktori, 2002-2006 yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti “Yoshlar pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi mudiri, 2008-2012 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari, Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi, 2012-2015 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Zokirov Islomjon Ilhomjonovich

Zokirov Islomjon Ilhomjonovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Zokirov Islomjon Ilxomjonovich 1979 yil 12 iyunda Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1997-2001 yillarda Farg‘ona davlat universiteti bakalavr yo‘nalishida, 2001-2003 yillarda Farg‘ona davlat universiteti magistratura yo‘nalishida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – odam va hayvonlar fiziologiyasi magistri. Biologiya fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyatini 1996 yilda Farg‘ona davlat universiteti o‘quv bo‘limi operatori lavozimidan boshlagan.

2003-2005 yillarda Farg‘ona davlat universiteti fan bo‘limi muhandisi, 2005-2007 yillarda Farg‘ona davlat universiteti aspiranti, 2007-2011 yillarda Farg‘ona davlat universiteti “Zoologiya” kafedrasi o‘qituvchisi, xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb etish bo‘limi boshlig‘i, 2011 yilda Farg‘ona davlat universiteti tabiiyot-geografiya fakulteti dekan o‘rinbosari, “Zoologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2011-2014 yillarda Farg‘ona davlat universiteti tabiiyot-geografiya fakulteti dekani, “Zoologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2014-2015 yillarda Farg‘ona davlat universiteti “Zoologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Ismoilov Soxibjon Ibragimovich

Ismoilov Soxibjon Ibragimovich

Ismoilov Soxibjon Ibragimov 1963 yil 13 iyunda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1981-1986 yillarda Moskva gidromelioratsiya institutida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muhandis-gidrotexnik.

Mehnat faoliyatini 1980 yilda Rishton tuman suv xo‘jaligi boshqarmasida ishchilikdan boshlagan.

1986-1987 yillarda So‘x suv ombori direksiyasi injener-texnadzori, 1987-1989 yillarda Yoshlar tashkiloti Rishton tuman qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, 1989-1991 yillarda Yoshlar tashkiloti Farg‘ona viloyat qo‘mitasi yo‘riqchisi, 1991-1993 yillarda Yoshlar tashkiloti Rishton tuman qo‘mitasi birinchi kotibi, ikkinchi kotibi, 1993-1995 yillarda O‘zbekiston yoshlar tashkiloti Farg‘ona viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi, 1996-1997 yillarda “Kamolot” yoshlar jamg‘armasi viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, 1997-2004 yillarda Farg‘ona shahar “ARS” MChJ bosh direktori o‘rinbosari, 2004-2005 yillarda “Sherros” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari bo‘yicha menejeri, 2005-2010 yillarda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “Neftgazdepozit” sho‘‘ba korxonasi Farg‘ona filiali boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2010 yildan bugungi kungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi  Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Karimov Rahmatilla Hamidillaevich

Karimov Rahmatilla Hamidillaevich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1966 yil 26 yanvarda Toshkent viloyati, Zangiota tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1987-1988 yillarda Toshkent avtomobil va yullar institutida taxsil olgan.

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muxandis-iqtisodchi. 

Mehnat faoliyatini 1983 yilda Charm va sport buyumlari ishlab chikarish birlashmasi ishchisi lavozimidan boshlagan.

1984-1986 yillarda Xarbiy xizmatda, 1988-1990 yillarda Toshkent avtomobil va yullar instituti Yoshlar qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari, 1990-1992 yillarda Chilonzor tumani hokimiyati transport vositalariga turli xil xizmat ko‘rsatish boshqarmasi bosh muxandisi, 1992-2004 yillarda Chilonzor tumani transport vositalariga turli xil xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i, 2004-2009 yillarda “Karmus-Maks” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori,

2010 yildan hozirgi kungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar Qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Karimov To'lqinjon Payzievich

Karimov To'lqinjon Payzievich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1968 yil 10 mayda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

1985-1992 yillarda Toshkent davlat universitetida, 1994-1998 yillarda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – tarix va jamiyatshunoslik o‘qituvchisi, mehnat iqtisodiyoti va ijtimoiyoti. Siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 1992 yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti “Siyosatshunoslik va falsafa” kafedrasi izlanuvchi-tadqiqotchisi lavozimidan boshlagan.

1993-1996 yillarda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti siyosatshunoslik va huquq kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi, institut qoshidagi litsey-internat direktori o‘rinbosari, 1996-1997 yillarda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi gimnaziya direktori

1997-2011 yillarda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha birinchi prorektori (o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti), 2011-2015 yillarda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Andijon hududiy bo‘linmasi rahbari (o‘rindoshlik asosida), 2013-2015 yillarda Andijon Mashinasozlik instituti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Qobilov Rustam Rajabboyevich

Qobilov Rustam Rajabboyevich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1984 yil 8 mayda Samarqand viloyati, Tayloq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

2000-2004 yillarda Samarqand davlat universiteti bakalavr yo‘nalishida, 2004-2006 yillarda Samarqand davlat universiteti magistratura yo‘nalishida, 2006-2009 yillarda Samarqand davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti 2-mutaxassislik yo‘nalishlarida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – sotsiolog, iqtisodchi.

Mehnat faoliyatini 2002 yilda Tayloq tumanidagi 13- o‘rta maktab tarix fani o‘qituvchisi lavozimidan boshlagan.

2005-2010 yillarda  “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati  Samarqand davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, 2006-2012 yillarda Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi, 2008-2009 yillarda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti Samarqand mintaqaviy axborot tahlil markazi ilmiy xodimi, 2009-2010 yillarda “Yetakchi” yoshlar o‘quv markazi Samarqand viloyat filiali rahbari 2010-2015 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand shahar bo‘limi Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelgan.

2015 yil 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kusherbaev Rasul Xidralievich

Kusherbaev Rasul Xidralievich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1987 yil 12 yanvarda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. Millati – qozoq.

2005-2010 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – halqaro jurnalistika.

Mehnat faoliyatini 2007 yilda O`zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri lavozimidan boshlagan.

2008-2011 yillarda O`zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi Tashkiliy-partiyaviy ishlar bo‘limi yetakchi konsultant – partiyaning deputatlik birlashmalari bilan ishlash guruhi rahbari, 2011-2012 yillarda O`zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mudiri, 2013-2015 yillarda “Yangiyo‘l” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Muhammadiev Mehriddin Mamadiyorovich

Muhammadiev Mehriddin Mamadiyorovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1968 yil 9 iyunda Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1987-1993 yillarda Toshkent davat agrar universitetida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

Mehnat faoliyatini 1985 yilda Ishtixon tumanidagi “Oktabr” kalxoz xo‘jaligi a’zoligidan boshlagan.

1988-1989 yillarda Harbiy xizmatda, 1993-2002 yillarda Ishtixon tumanidagi “M.Ulug‘bek” jamoa xo‘jaligi bosh iqtisodchisi, bosh hisobchisi, 2002-2006 yillarda Ishtixon tumanidagi “A.Berdiqulov” shirkat xo‘jaligi bosh hisobchisi, 2006-2009 yillarda Ishtixon tumani qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2010 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Nazirkulov Atham Ahatqulovich

Nazirkulov Atham Ahatqulovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1966 yil 15 sentyabrda Toshkent viloyati, Piskent tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1985-1990 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - moliya va kredit.

Mehnat faoliyatini 1990 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi assistenti lavozimidan boshlagan.

1991 yil davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi assistenti, 1991-1993 yillarda Toshkent moliya instituti “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi assistenti, 1993-1995 yillarda AT “O‘zdehqonsanoatbank” Piskent bo‘limi Qarz berish bo‘limi bosh mutaxassisi, boshqaruvchi o‘rinbosari, 1995-1999 yillarda IAT “Paxtabank” Piskent bo‘limi boshqaruvchisi o‘rinbosari, boshqaruvchisi,  1999-2000 yillarda Piskent tuman hokimligi Iqtisodiyot va statistika bo‘limi boshlig‘i – hokim o‘rinbosari,  2000-2002 yillarda IAT “Paxtabank” Pul muomalasi boshqarmasi boshlig‘i, 2002-2004 yillarda Toshkent viloyat hokimligi Moliya boshqarmasi Mahalliy budjetlarni jamlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, Piskent tumani Moliya bo‘limi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Moliya bo‘limi mudiri, 2004-2005 yillarda AT “Paxtabank” Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i, 2006-2007 yillarda AT “Paxtabank” Kaznacheylik markazining bank faoliyatini strategik rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, 2007-2007 yillarda AT “Paxtabank” Qishloq xo‘jaligini kreditlash va monitoring qilish boshqarmasining Davlat extiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni imtiyozli kreditlash va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i, 2007-2007 yillarda RATB “Fallabank” Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va monitoring boshqarmasining Don maxsulotlari korxonalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, 2007-2009 yillarda RATB “Fallabank” Kredit xatarlarini boshqarish bosh boshqarmasi tarkibidagi Kredit amaliyoti boshqarmasining Kredit porfelini boshqarish va kredit amaliyotlarini avtomatlashtirish bo‘limi boshlig‘i, 2009 yil davomida OAT “Fallabank” Kredit amaliyotlari bosh boshqarmasining Kredit amaliyotlarini avtomatlashtirish bo‘limi boshlig‘i, OAT “Fallabank” Kredit amaliyotlari bosh boshqarmasi boshlig‘i, OATB “Qishloq qurilish bank” Kredit amaliyotlari bosh boshqarmasi  boshlig‘i, 2009-2013 yillarda OATB “Qishloq qurilish bank” Kreditlash Departamenti boshlig‘i, 2013-2014 yillarda OATB “Qishloq qurilish bank” Bank tavakkalchiliklarini boshqarish   boshqarmasi boshlig‘i, 2014 yil davomida OATB “Qishloq qurilish bank” Kreditlash va investitsion faoliyatini  muvofiqlashtirish Departamenti boshlig‘i, 2014-2015 yillarda ATB “Qishloq qurilish bank” Kreditlash va investitsion faoliyatini  muvofiqlashtirish Departamenti boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Niyazmatov Baxrom Bahtiyorovich

Niyazmatov Baxrom Bahtiyorovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1966 yil 1 noyabrda Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1983-1991 yillarda N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muhandis-mexanik.

Mehnat faoliyatini 1991 yilda Andijon shahar "Kommunar" zavodi 2-toifali muhandis-konstruktori lavozimidan boshlagan.

1992-1994 yillarda Andijon shahar "Kommunar" zavodi direktorining sifat bo‘yicha o‘rinbosari, 1994-1996 yillarda Andijon shahar "Kommunar" zavodi 1-mexanika sexi boshlig‘i, 1996-1998  yillarda "O‘zDEU avto" qo‘shma korxonasi lokalizatsiya departamenti muhandisi, 1998-1999 yillarda Andijon shahar"Istiqlolning 7 yilligi" mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh muhandisi, 1999-2004 yillarda Andijon shahar hokimligi sanoat, savdo va maishiy xizmat masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi, 2004-2005 yillarda Andijon shahar hokimligi iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi, 2005 yil davomida Andijon viloyat hokimligi  axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, 2005-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va monitoring bo‘limi bosh mutaxassisi, 2006-2015 yillarda Andijon viloyat hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Pak Viktor Nikolaevich

Pak Viktor Nikolaevich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1958 yil 26 dekabrida Toshkent viloyati, Bekobod tumanida tug‘ilgan. Millati – koreys.

1975-1989 yillarda Qozog‘iston gidromeliorativ qurilish institutida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassiligi – muxandis-mexanik.

2014 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini 1979 yilda Namangan viloyati mashinasozlik zavodida texnik lavozimidan boshlagan.

1988-1997 yillarda Namangan shahar “Elektroterm” uyushmasi bosh muxandisi o‘rinbosari, bosh texnologi, 1997-2012 yillarda Bektemir tuman “KARDISE” qurilish kompaniyasi rahbari, 2012-2014 yillarda O‘zbekiston Koreys milliy-madaniy markazlar Assotsiatsiyasi raisi lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Radjapov Nodirbek Muxtorovich

Radjapov Nodirbek Muxtorovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1972 yil 18 dekabrda Jizzax viloyati, Zarbdor tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1992-1996 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida, 2002-2003 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - xalqaro iqtisodchi, moliyachi.

Mehnat faoliyatini 1988 yilda Arnasoy tumani davlat xo‘jaligi ustaxonasi ta’mirlovchisi lavozimidan boshlagan.

1992-1992 yillarda Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi sanitari, 1996-1997 yillarda Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyasi tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqqa tortish bo‘limi davlat soliq  inspektori, 1997-1997 yillarda Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyasi  jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi inspektori, 1997-1999 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy bank” Jizzax viloyati bo‘limi investitsion sektori 1-toifali mutaxassisi, sektor boshlig‘i, 1999-2004 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy bank” Jizzax viloyati bo‘limi qarz berish va  investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish  bo‘limi boshlig‘i, 2004 yil davomida Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy bank” Jizzax viloyati bo‘limi boshqaruvchisi o‘rinbosari  vazifasini bajaruvchi, 2004-2005 yillarda Aksiyadorlik tijorat “Paxtabank” Zarbdor tumani filiali boshqaruvchisi, 2005-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat tijorat “Xalq banki” Jizzax viloyati filiali boshlig‘i, 2009-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi “Xalq banki” boshqaruvining kreditlash  departamenti qishloq xo‘jalik korxonalarini kreditlash va  monitoring boshqarmasi  boshlig‘i, 2010-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat tijorat “Xalq banki” Jizzax viloyati filiali boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat tijorat “Xalq banki” Jizzax viloyati filiali boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Elbek Shukurov Xabibullayevich

Elbek Shukurov Xabibullayevich

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1988 yil 18 martda Toshkent shahrining Olmazor tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

2005-2009 yillarda Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutahassistligi - qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash.

Mehnat faoliyatini 2005 yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo‘limi Kengashi muassisligidagi “Kamalak” markazi mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

2005-2009 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti talabasi, 2005-2006 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Yunusobod tuman bo‘limi Kengashi bosh mutaxassisi “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi, 2007-2009 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengash apparati Ishlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, 2009-2010 yillarada “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi Xalqaro munosabatlar, sport va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘limi bosh mutaxassisi, 2010-2012 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri, 2012-2013 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo‘limi Kengashi raisi o‘rinbosari, 2013-2014 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo‘limi Kengashi raisi vazifasini bajaruvchisi, 2014-2015 yillarda Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo‘limi Kengashi raisi lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2017 yilning 3 martdan buyon O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

Tursunov O‘tkir Abdugafforovich

Tursunov O‘tkir Abdugafforovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1983 yil 2 martda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Millati – O‘zbek.

1999-2003 yillarda Samarqand davlat universitetida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos.

2003-2004 yillarda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi Shartnomaviy huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi katta maslahatchisi vazifasini bajaruvchisi, 2004-2006 yillarda Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi katta maslahatchisi, 2006 yil davomida Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi yetakchi maslahatchisi vazifasini bajaruvchi, 2006-2008 yillarda Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi yetakchi maslahatchisi, 2008-2011 yillarda Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i, 2011-2015 yillarda Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Qahramon Ergashev Payzullayevich

Qahramon Ergashev Payzullayevich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1964 yil 1 oktyabrda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek.

1983-1987 yillarda Toshkent xalk xo‘jaligi institutida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutahassistligi – iqtisodchi. 2012 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini 1981 yilda Kitob tumani tumanlararo bazasi ishchisi lavozimidan boshlagan.

1983-1985 yillarda xarbiy xizmatda, 1985-1986 yillarda Kitob shahar matlubot jamiyati tovarshunos-tashkilotchisi, 1986-1987 yillarda Kitob shaxridagi “Baxt” savdo markazi tovarshunosi, 1987-1992 yillarda Kitob shaxridagi “Baxt” savdo markazi direktori, 1992-1995 yillarda Kitob shaxar matlubot jamiyati raisi, 1995-1998 yillarda Kitob non ishlab chikarish korxonasi direktori, 1998-2009 yillarda “DAVR” savdo ishlab chikarish  firmasi boshlig‘i, 2009-2010 yillarda Kitob tumanidagi  “Oqila sut” sutni qayta ishlash xususiy korxonasi rahbari, 2010-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik  palatasi Mehnat va  ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik  palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ernazarov Komiljon Yuldashaliyevich

Ernazarov Komiljon Yuldashaliyevich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1984 yil 20 fevralda Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

200-2004 yillarda Toshkent moliya institutining bakalavr, 2009-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutahassistligi sug‘urta ishi, xalqaro munosabatlar.

Mehnat faoliyatini 2005 yilda Sirdaryo viloyati Moliya boshqarmasi iqtisodiy sohadagi xarajatlarni moliyalashtirish bo‘limi yetakchi iqtisodchisi sifatida boshlagan.

2005-2007 yillarda  Sirdaryo viloyati Moliya boshqarmasi ijtimoiy sohani va aholini ijtimoiy himoyalashni moliyalashtirish bo‘limi yetakchi iqtisodchisi, 2007-2008 yillarda Sirdaryo tumani Moliya bo‘limi mudirining o‘rinbosari-budjet inspeksiyasi boshlig‘i, 2008 yil davomida Sirdaryo vilyati Moliya boshqarmasi mahalliy budjetni jamlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 2008-2010 yillarda Guliston shahar G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i (2009-2010 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi), 2010-2012 yillarda Sirdaryo viloyati Moliya  boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i, 2012 yil davomida Sirdaryo viloyati Moliya  boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2012-2013 yillarda Sirdaryo viloyati Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, 2013 yil davomida Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i, 2014-2015 yillarda Sirdaryo viloyati Iqtisodiyot Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

O ‘tkir TURSUNOV

O ‘tkir TURSUNOV

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Mavluda Xojayeva

Mavluda Xojayeva

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1962 yil 4 oktyabrda Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1981-1985 yillarda O‘rta Osiyo tibbiyot pediatriya institutida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – shifokor-pediatr.

Mehnat faoliyatini 1985 yilda Qo‘qon shahar bolalar shifoxonasi vrach-pediatr lavozimidan boshlagan.

1989-1991 yillarda Qo‘qon shahar go‘daklar uyi vrach-pediatri, 1991-2000 yillarda Qo‘qon shahar go‘daklar uyi bosh shifokori, 2000-2004 yillarda Qo‘qon shahar hokimining oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, 2004-2015 yillarda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Svetkov Vladislav Olegovich

Svetkov Vladislav Olegovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1978 yil 22 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – rus.

2000-2004 yillarda Toshkent davlat yuridik institutida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutahassisligi – huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 1999 yilda Toshkent shahar Mirobod tuman sudi sud ijrochisi lavozimidan boshlagan.

2001 yil davomida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudi sud ijrochisi, 2001-2006 Toshkent shahar Mirobod tuman sud ijrochilari bo‘limi sud ijrochisi, 2006-2007 yillarda Toshkent shahar “Aleksta yure” advokatlik firmasining advokati, 2007-2008 yillarda Toshkent shahar “Biznes advokatlik servisi” advokatlik firmasining advokati, 2008-2012 yillarda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Chilonzor tuman sudi sudyasi, 2012-2015 yillarda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi lavozimlarida ishlagan.

2015 yil 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Rasulov Hamdambek Qurbonalievich

Rasulov Hamdambek Qurbonalievich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1981 yil 12 aprelda Surxondaryo viloyati, Uzun tumanida tug‘ilgan. Millati –  o‘zbek.

1999-2004 yillarda Toshkent davlat yuridik institutida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 1997 yilda Uzun tumani J.Pirnazarov shirkat xo‘jaligi ishchisi lavozimidan boshlagan.

2004-2006 yillarda Toshkent shahar “INTYeRMAXSUSQURILISh” YoAJ huquqshunos-maslahatchisi, 2006-2008 yillarda Toshkent viloyat adliya boshqarmasi Jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi yetakchi maslahatchisi, 2008-2011 yillarda Toshkent viloyat adliya boshqarmasi Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi, 2011-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish Bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i, 2014-2015 yillarda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarda ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Saidahmetova Nilufar Zakirjonovna

Saidahmetova Nilufar Zakirjonovna

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1978 yil 30 noyabrda Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Millati – tojik.

1995-2000 yillarda Omsk davlat universitetida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 1996 yilda Chirchiq shahar “Chirchiq sut” aksiyadorlik jamiyati huquqshunosi lavozimidan boshlagan.

2000-2001 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibasi, 2001 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy islohot bo‘yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasining katta maslahatchisi, 2001-2008 yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining bosh maslahatchisi, 2008-2012 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i, 2012-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Sveshnikov Polyante Gramitonovich

Sveshnikov Polyante Gramitonovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1954 yil 27 martda Gruziya Respublikasi, Adjariya shahrida tug‘ilgan. Millati – rus.

1978-1982 yillarda Toshkent politexnika institutida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi muhandis-quruvchi.

2001 yilda  “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini 1972 yilda Sirdaryo viloyati Paxtaorol tumani 361-sonli qurilish montaj poyezdi betonchisi lavozimidan boshlagan.   

1973-1975 yillarda Harbiy xizmatda, 1975-1986 yillarda Chkalov nomli Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi qurilish boshqarmasi prorabi, 5-uchastka prorabi, temir beton uchastkasi ustasi, 282-sex boshlig‘i o‘rinbosari, 1986-1991 yillarda “Vostok” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh muxandisi, kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i,  1991-1992 yillarda “Altair” broker kontorasi direktori,  1992-2009 yillarda Toshkent shahridagi “PGS” xususiy korxonasi direktori lavozimlarida ishlagan.

2010 yildan hozirgi vaqtgacha  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Tursunov Murodulla Xolsaidovich

Tursunov Murodulla Xolsaidovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1979 yil 13 sentyabrda Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida tug‘ilagan. Millati – o‘zbek.

1996-2000 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2011-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – buxgalteriya hisobi va audit, xalqaro munosabatlar.

Mehnat faoliyatini 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyat Bosh boshqarmasi Pul-kreditni tartibga solish boshqarmasi Naqd-pul muomalasi bo‘limi yetakchi iqtisodchisi lavozimidan boshlagan.

2005-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyat Bosh boshqarmasi Pul muomalasini tartibga solish va monitoring boshqarmasi Pul muomalasi tahlili bo‘limi boshlig‘i, 2006-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyat Bosh boshqarmasi Pul muomalasini tartibga solish va monitoring boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Pul muomalasi tahlili bo‘limi boshlig‘i, 2009-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - Surxondaryo viloyati  Inkassatsiya boshqarmasi boshlig‘i, 2011 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi, 2011-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - Surxondaryo viloyati Inkassatsiya boshqarmasi boshlig‘i, 2012-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - Respublika Inkassatsiya xizmati Davlat unitar korxonasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i, 2014-2015 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

To'htaeva Muxabbat Abdullaevna

To'htaeva Muxabbat Abdullaevna

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Fayzieva Dilorom Husnitdinovna

Fayzieva Dilorom Husnitdinovna

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1962 yil 13 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – O‘zbek.

1978-1985 yillar davomida Toshkent davlat tibbiyot institutida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – sanitariya, gigiyena va epidemiologiya.

1985-1987 yillarda Toshkent davlat tibbiyot instituti bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi assistenti, 1987-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti shifokori, kichik ilmiy xodimi, ilmiy xodimi, 1995-1996 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Baynalminal madaniyat markazi mutaxassisi, 1996-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Suv muammolari instituti yetakchi ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri v.b., doktoranti, katta ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri lavozimlarida  faoliyat yuritgan.

2010 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Hakimov Rahim Rasuljonovich

Hakimov Rahim Rasuljonovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1983 yil 2 yanvarida Namangan viloyati, Chust tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1999-2003 yillarda Namangan davlat universiteti bakalavr yo‘nalishida, 2004-2005 yillarda Toshkent davlat yuridik instituti magistratura yo‘nalishlarida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos. Yuridik fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Yig‘ma axborot-tahlil guruhi yetakchi ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan.

2006-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Sud-huquq sohasi va inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga oid qonun hujjatlari monitoringi guruhi yetakchi ilmiy xodimi, 2008-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Sud-huquq sohasi va inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga oid qonun hujjatlari monitoringi guruhi bosh ilmiy xodimi, 2008-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasi Yuridik fanlar kafedrasi dotsenti (o‘rindoshlik asosida), 2010-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi qonun hujjatlari monitoringi guruhi rahbari, 2012-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Davlat tuzilishi va boshqaruvi asoslari” kafedrasi dotsenti (o‘rindoshlik asosida), 2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi qonun hujjatlari monitoringi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Xolbo'taev Erkin Ergashevich

Xolbo'taev Erkin Ergashevich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1977  yil 3 iyunda Jizzax viloyati  G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1996-2000 yillarda Toshkent elektrotexnika aloqa institutida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yich mutaxassisligi – telekommunikatsiyalar.

Mehnat faoliyatini 1999 yilda “Jizzax telekom” sho‘‘ba korxonasi Jizzax shahar filiali o‘quvchi o‘rganuvchi, 3-toifa texnigi lavozimidan boshlagan.

2001-2002 yillarda Harbiy xizmatda, 2002 yil davomida “Jizzax telekom” sho‘‘ba korxonasi Jizzax shahar filiali Texnik bo‘limi muhandisi “O‘zbektelekom Interneshnl” aksiyadorlik jamiyati O‘zbek-Indoneziya qo‘shma korxonasi “UzI Jizzax” filiali stansiya “Zilol” elektrmexanigi, 2002-2004 “O‘zbektelekom Interneshnl” aksiyadorlik jamiyati O‘zbek-Indoneziya qo‘shma korxonasi, “UzI Jizzax” filiali Marketing bo‘yicha menejeri, 2004-2008 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, 2008-2012 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2012-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Halilova Nargiz Alixanovna

Halilova Nargiz Alixanovna

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1960 yil 11 avgustda Namangan viloyati, Namangan shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1980-1985 yillarda Toshkent davlat universitetida taxsil olgan. Mutaxassisligi – huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 1978 yilda Namangan shahar sudining sud majlisi kotibasi lavozimidan boshlagan.

1984-1986 yillarda 1-sonli Namangan shaxridagi davlat notarial idorasi maslahatchisi, 1986-1988 yillarda Namangan viloyat ijroiya qo‘mitasi FHDYo bo‘limi instruktori, 1988-2003 yillarda Namangan viloyat Adliya boshqarmasining FHDYo ishlari bo‘yicha yetakchi maslahatchi, 2003-2004 yillarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining sudyasi, 2004-2009 yillarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudining sudyasi, 2009-2014 yillarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudining katta maslahatchisi, sudyasi, 2014-2015 yillarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudining bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Xamroqulov Abdullajon Qodirovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1973 yil 14 aprelda Andijon viloyati, Asaka tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1992-1997 yillarda Andijon qishloq xo‘jalik institutida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muxandis-mexanik. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 1997 yilda Andijon qishloq xo‘jalik instituti “Metallar texnologiyasi va mashina detallari” kafedrasi assistenti lavozimidan boshlagan.

2012-2013 yillarda Andijon qishloq xo‘jalik instituti qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani vazifasini bajaruvchisi, 2013-2015 yillarda Andijon qishloq xo‘jalik instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlar bilan ishlash buyicha prorektori lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Xaniyazov Zafar Bazarbaevich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1980 yil 3 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumanida tug‘ilgan. Millati – qoraqalpoq.

2000-2003 yillarda Qoraqalpoq davlat universitetida,  2008-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida taxsil olgan ma’lumot bo‘yicha mutaxassisligi –iqtisodchi.

Mehnat faoliyatini 2000 yilda Ellikqal’a tumani "Yangi-er" fermer xo‘jaliklari uyushmasi hisobchi yordamchisi lavozimidan boshlagan.

2002-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Ellikqal’a tumani bo‘limi bosh mutaxassisi - "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi, 2003-2008 yillarda  O‘zbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Ellikqal’a tumani Kengashi raisi, 2008-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi, 2009-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Ellikqal’a tumani Kengashi raisi, 2009-2012 yillarda  O‘zbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, 2012-2014 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Ishlar boshqaruvchisi, 2014-2015 yillarda Tuyamuyin-Nukus mintaqalararo suv o‘tkazgichidan foydalanish boshqarmasi direktori lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Xodjaeva Mavludaxon Islamovna

Xodjaeva Mavludaxon Islamovna

Hodjiev Ibrohim Ikromovich

Hodjiev Ibrohim Ikromovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1989 yil 15 avgustda Namangan viloyati, Namangan shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1997-2011 yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

Mehnat faoliyatini 2011 yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Namangan tumani Kengashi raisi lavozimidan boshlagan.

2013-2014 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi apparati Boshlang‘ich tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi, 2014 yil davomida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi apparati Tashkiliy-kadrlar va malaka oshirish ishlari bo‘limi mudiri vazifasini bajaruvchi, 2014-2015 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Namangan viloyati Kengashi raisi lavozimlarida ishlagan.

2015 yil 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Xudoyarova Gulshana Berdinazarovna

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1972 yil 22 iyulda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1990-1994 yillarda Qarshi davlat universitetida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutahassisligi – tarix, davlat huquq asoslari, jamiyatshunoslik  fanlari o‘qituvchisi.

Mehnat faoliyatini 1994 yilda Qarshi shahar gaz qurilish savdo jamoasi iqtisodchisi lavozimidan boshlagan.

2000-2001 yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti markazi boshlig‘i, 2001-2005 yillarda “Nuriston” akademik litseyining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2005-2009 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali ma’naviyat va ma’rifat  markazi boshlig‘i, 2009 -2010 yillarda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent shahar filiali direktorining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha  o‘rinbosari, 2010-2011 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i, 2011-2013 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, 2013-2015 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2015 yil 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Sharofutdinov Shuhrat Xursanovich

Sharofutdinov Shuhrat Xursanovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1965 yil 5 fevralida Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1982-1989 yillarda Ukraina Respublikasi Zaporoje sanoat institutida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutahassisligi - muxandis-texnolog.

Mehnat faoliyatini 1989 yilda Farg‘ona viloyati suv xo‘jaligi boshqarmasi suvlardan kompleks foydalanish bo‘limi katta muxandisi lavozimidan boshlagan.

1992-1997 yillarda Farg‘ona viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Qo‘qon tumanlararo qo‘mitasi 1-toifali mutaxassisi, 1997-2003 yillarda Farg‘ona viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Qo‘qon tumanlararo qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi, 2003-2006 yillarda Farg‘ona viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Yer, suv va noma’dan konlardan foydalanish viloyat inspeksiyasi bosh mutaxassisi, 2006-2008 yillarda Farg‘ona viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Yer, suv va noma’dan konlardan foydalanish viloyat inspeksiyasi boshlig‘i, 2008-2012 yillarda Farg‘ona viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Qo‘qon shahar tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i, 2012-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti va uni tashkil qilish boshqarmasi boshlig‘i, 2014-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasi ilmiy tekshirish axborot markazi O‘zbekiston bo‘linmasi rahbari lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shodmonov Adham Xursanbaevich

Shodmonov Adham Xursanbaevich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1965 yil 29 noyabrda Toshkent shaxrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

2006 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

1985-1989 yillarda Samarqand qishloq xo‘jalik institutini, 1997-2001 yillarda Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutahassisligi – buxgalter, iqtisodchi, huquqshunos.

Mehnat faliyatini 1987 yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat agrosanoat qo‘mitasi RBAH markazining Samarqand filiali 7-bo‘limida katta texnigi lavozimidan boshlagan.

1989-1990 yillarda Samarqand viloyati agrosanoat qo‘mitasining katta mutaxassisi, 1990-1991 yillarda Samarqand viloyati “Agrota’minottuzatish” birlashmasining katta mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, 1991-1992 yillarda Samarqand viloyati iqtisodiyot qo‘mitasining moddiy jamg‘armalar bo‘limida yetakchi mutaxassis, 1992-1998 yillarda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish viloyat hududiy boshqarmasining bosh mutaxassisi, sho‘‘ba mudiri, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i, 1998 yil davomida «Inter-Aziya»  yopiq aksiyadorlik jamiyatining huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, 1998-2001 yillarda Respublika ko‘chmas mulk birjasining bosh huquqshunos-maslahatchisi, 2001-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat  qo‘mitasi bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, kotibiyat mudiri, bosh boshqarma boshlig‘i, davlat mulki qo‘mitasi hay’ati a’zosi, 2003-2005 yillarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, 2005-2007 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi, 2007-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari – Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining a’zosi, 2010-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2015 yil 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shukurov Elbek Xabibullaevich

Shukurov Elbek Xabibullaevich

Egamov Aybek Normuhammedovich

Egamov Aybek Normuhammedovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1973 yil 15 iyulda Andijon viloyati, Izboskan tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1994-1998 yillarda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2010-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutahassistligi – muhandis-mexanik.

Mehnat faoliyatini 1995 yildan Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi Izboskan tumani bo‘limi kompyuter operatori lavozimidan boshlagan.

1998-2001 yillarda Izboskan tumani qishloq xo‘jaligi korxonalariga va tadbirkorlarga amaliy yordam va konsalting xizmati ko‘rsatuvchi markazi direktori, 1999-2001 yillarda O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi Izboskan tuman bo‘limi Kengashi raisi o‘rinbosari, ijrochi direktori, 2001-2004 yillarda Izboskan tumani mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘limi boshlig‘i,  2004 yil davomida Izboskan tumani hokimligi ish yuritish bo‘limi mudiri, 2004-2006 yillarda Andijon viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi mehnat bozori va dasturlarni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, 2006-2008 yillarda Andijon viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2008 yil davomida Andijon viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi tashkiliy-huquqiy bo‘limi boshlig‘i, 2008-2009 yillarda Andijon viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi tizimidagi "Sahovat" uyi direktori, 2009-2010 yillarda Andijon viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2010 yil davomida Baliqchi tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari,  2010-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi, 2011-2014 yillarda Baliqchi tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2014-2015 yillarda Andijon viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ergashev Qahramon Payzullaevich

Ergashev Qahramon Payzullaevich

Eshnazarov To'lqin Sheralievich

Eshnazarov To'lqin Sheralievich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

1963 yil 6 yanvarda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1984-1988 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi institutining iqtisodiyot fakultetida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi. Iqtisod fanlari doktori.

Mehnat faoliyatini 1988 yilda Samarqand xolodilnik ishlab chiqarish zavodi iqtisodchisi lavozimidan boshlagan.

1990-1993 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi iqtisodiyot instituti kichik ilmiy xodimi, aspiranti, 1993-1997 yillarda Toshkent shahridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi soliq inspektori, bosh taftishchi-inspektori, 1997-1998 yillarda Toshkent shahri Akmal Ikromov tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, 1998-2001 yillarda Toshkent shahri Moliya bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i, 2001-2002 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi davlat budjeti va budjetlararo munosabatlarni tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i, 2002-2003 yillarda Fransiya Davlati oliy G‘aznachilik maktabi tinglovchisi, 2004-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi  Davlat budjeti bosh boshqarmasi budjet jarayoni metodologiyasi va buxgalter-ekspertlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi  boshlig‘i, 2005-2007 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi  Davlat budjeti g‘aznachilik ijrosini joriy qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2007-2009 yillarda O‘zFA Iqtisodiyot instituti katta ilmiy xodimi, 2009-2012 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti loyiha rahbari, 2012-2014 yillarda “Uzbekistan Today” Axborot agentligi bosh direktori, 2012-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti Mintaqaviy tadqiqotlar markazi bosh ilmiy xodimi (o‘rindoshlik asosida), 2014-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ilmiy kotibi vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

To‘lqin Eshnazarov

To‘lqin Eshnazarov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi

Oybek Djuamyev

Oybek Djuamyev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Sag‘indiq Turmanov

Sag‘indiq Turmanov

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi

To‘lqin Karimov

To‘lqin Karimov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Shuxrat Sharafutdinov

Shuxrat Sharafutdinov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Gulshana Xudoyorova

Gulshana Xudoyorova

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Islom Zokirov

Islom Zokirov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi