Ismoilov Soxibjon Ibragimovich
Ismoilov Soxibjon Ibragimovich

Biografiyasi

Ismoilov Soxibjon Ibragimov 1963 yil 13 iyunda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1981-1986 yillarda Moskva gidromelioratsiya institutida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muhandis-gidrotexnik.

Mehnat faoliyatini 1980 yilda Rishton tuman suv xo‘jaligi boshqarmasida ishchilikdan boshlagan.

1986-1987 yillarda So‘x suv ombori direksiyasi injener-texnadzori, 1987-1989 yillarda Yoshlar tashkiloti Rishton tuman qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, 1989-1991 yillarda Yoshlar tashkiloti Farg‘ona viloyat qo‘mitasi yo‘riqchisi, 1991-1993 yillarda Yoshlar tashkiloti Rishton tuman qo‘mitasi birinchi kotibi, ikkinchi kotibi, 1993-1995 yillarda O‘zbekiston yoshlar tashkiloti Farg‘ona viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi, 1996-1997 yillarda “Kamolot” yoshlar jamg‘armasi viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, 1997-2004 yillarda Farg‘ona shahar “ARS” MChJ bosh direktori o‘rinbosari, 2004-2005 yillarda “Sherros” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari bo‘yicha menejeri, 2005-2010 yillarda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “Neftgazdepozit” sho‘‘ba korxonasi Farg‘ona filiali boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2010 yildan bugungi kungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi  Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish