Qobilov Rustam Rajabboyevich
Qobilov Rustam Rajabboyevich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Biografiyasi

1984 yil 8 mayda Samarqand viloyati, Tayloq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

2000-2004 yillarda Samarqand davlat universiteti bakalavr yo‘nalishida, 2004-2006 yillarda Samarqand davlat universiteti magistratura yo‘nalishida, 2006-2009 yillarda Samarqand davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti 2-mutaxassislik yo‘nalishlarida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – sotsiolog, iqtisodchi.

Mehnat faoliyatini 2002 yilda Tayloq tumanidagi 13- o‘rta maktab tarix fani o‘qituvchisi lavozimidan boshlagan.

2005-2010 yillarda  “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati  Samarqand davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, 2006-2012 yillarda Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi, 2008-2009 yillarda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti Samarqand mintaqaviy axborot tahlil markazi ilmiy xodimi, 2009-2010 yillarda “Yetakchi” yoshlar o‘quv markazi Samarqand viloyat filiali rahbari 2010-2015 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand shahar bo‘limi Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelgan.

2015 yil 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish