Nazirkulov Atham Ahatqulovich
Nazirkulov Atham Ahatqulovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Biografiyasi

1966 yil 15 sentyabrda Toshkent viloyati, Piskent tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1985-1990 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - moliya va kredit.

Mehnat faoliyatini 1990 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi assistenti lavozimidan boshlagan.

1991 yil davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi assistenti, 1991-1993 yillarda Toshkent moliya instituti “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi assistenti, 1993-1995 yillarda AT “O‘zdehqonsanoatbank” Piskent bo‘limi Qarz berish bo‘limi bosh mutaxassisi, boshqaruvchi o‘rinbosari, 1995-1999 yillarda IAT “Paxtabank” Piskent bo‘limi boshqaruvchisi o‘rinbosari, boshqaruvchisi,  1999-2000 yillarda Piskent tuman hokimligi Iqtisodiyot va statistika bo‘limi boshlig‘i – hokim o‘rinbosari,  2000-2002 yillarda IAT “Paxtabank” Pul muomalasi boshqarmasi boshlig‘i, 2002-2004 yillarda Toshkent viloyat hokimligi Moliya boshqarmasi Mahalliy budjetlarni jamlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, Piskent tumani Moliya bo‘limi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Moliya bo‘limi mudiri, 2004-2005 yillarda AT “Paxtabank” Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i, 2006-2007 yillarda AT “Paxtabank” Kaznacheylik markazining bank faoliyatini strategik rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, 2007-2007 yillarda AT “Paxtabank” Qishloq xo‘jaligini kreditlash va monitoring qilish boshqarmasining Davlat extiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni imtiyozli kreditlash va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i, 2007-2007 yillarda RATB “Fallabank” Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va monitoring boshqarmasining Don maxsulotlari korxonalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, 2007-2009 yillarda RATB “Fallabank” Kredit xatarlarini boshqarish bosh boshqarmasi tarkibidagi Kredit amaliyoti boshqarmasining Kredit porfelini boshqarish va kredit amaliyotlarini avtomatlashtirish bo‘limi boshlig‘i, 2009 yil davomida OAT “Fallabank” Kredit amaliyotlari bosh boshqarmasining Kredit amaliyotlarini avtomatlashtirish bo‘limi boshlig‘i, OAT “Fallabank” Kredit amaliyotlari bosh boshqarmasi boshlig‘i, OATB “Qishloq qurilish bank” Kredit amaliyotlari bosh boshqarmasi  boshlig‘i, 2009-2013 yillarda OATB “Qishloq qurilish bank” Kreditlash Departamenti boshlig‘i, 2013-2014 yillarda OATB “Qishloq qurilish bank” Bank tavakkalchiliklarini boshqarish   boshqarmasi boshlig‘i, 2014 yil davomida OATB “Qishloq qurilish bank” Kreditlash va investitsion faoliyatini  muvofiqlashtirish Departamenti boshlig‘i, 2014-2015 yillarda ATB “Qishloq qurilish bank” Kreditlash va investitsion faoliyatini  muvofiqlashtirish Departamenti boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish