Radjapov Nodirbek Muxtorovich
Radjapov Nodirbek Muxtorovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Biografiyasi

1972 yil 18 dekabrda Jizzax viloyati, Zarbdor tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1992-1996 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida, 2002-2003 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - xalqaro iqtisodchi, moliyachi.

Mehnat faoliyatini 1988 yilda Arnasoy tumani davlat xo‘jaligi ustaxonasi ta’mirlovchisi lavozimidan boshlagan.

1992-1992 yillarda Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi sanitari, 1996-1997 yillarda Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyasi tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqqa tortish bo‘limi davlat soliq  inspektori, 1997-1997 yillarda Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyasi  jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi inspektori, 1997-1999 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy bank” Jizzax viloyati bo‘limi investitsion sektori 1-toifali mutaxassisi, sektor boshlig‘i, 1999-2004 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy bank” Jizzax viloyati bo‘limi qarz berish va  investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish  bo‘limi boshlig‘i, 2004 yil davomida Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy bank” Jizzax viloyati bo‘limi boshqaruvchisi o‘rinbosari  vazifasini bajaruvchi, 2004-2005 yillarda Aksiyadorlik tijorat “Paxtabank” Zarbdor tumani filiali boshqaruvchisi, 2005-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat tijorat “Xalq banki” Jizzax viloyati filiali boshlig‘i, 2009-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi “Xalq banki” boshqaruvining kreditlash  departamenti qishloq xo‘jalik korxonalarini kreditlash va  monitoring boshqarmasi  boshlig‘i, 2010-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat tijorat “Xalq banki” Jizzax viloyati filiali boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat tijorat “Xalq banki” Jizzax viloyati filiali boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelgan.

  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish