Babashev Qutlimurat Aytmuratovich
Babashev Qutlimurat Aytmuratovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Biografiyasi

Babashev Qutlimurat Aytmuratovich 1975 yil 25 avgustda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. Millati - qoraqalpoq .

1995-1998 yillarda Toshkent davlat texnika universitetida (hozirda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti) tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mataxassisligi – mexanik-muhandis. Texnika fanlari nomzodi

Mehnat faoliyatini 1992 yilda Xo‘jayli tumani dehqon xo‘jaligida ishchilikdan boshlagan.

1998-2007 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti stajyor-tadqiqotchisi, aspiranti, katta o‘qituvchisi, 2007-2011 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika-mashinasozlik fakulteti dekan muovini, 2011-2012 yillarda “TOSHAFUS” O‘zbek-Koreya qo‘shma korxonasi sifat bo‘yicha muhandisi, 2012-2014 yillarda “TOSHAFUS” O‘zbek-Koreya qo‘shma korxonasi bosh direktori, 2014-2015 yillarda“TOSHAFUS” O‘zbek-Koreya qo‘shma korxonasi, bosh direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2015 yil 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish