Tursunov O‘tkir Abdugafforovich
Tursunov O‘tkir Abdugafforovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Biografiyasi

1983 yil 2 martda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Millati – O‘zbek.

1999-2003 yillarda Samarqand davlat universitetida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos.

2003-2004 yillarda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi Shartnomaviy huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi katta maslahatchisi vazifasini bajaruvchisi, 2004-2006 yillarda Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi katta maslahatchisi, 2006 yil davomida Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi yetakchi maslahatchisi vazifasini bajaruvchi, 2006-2008 yillarda Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi yetakchi maslahatchisi, 2008-2011 yillarda Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i, 2011-2015 yillarda Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish