Fayzieva Dilorom Husnitdinovna
Fayzieva Dilorom Husnitdinovna

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Biografiyasi

1962 yil 13 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – O‘zbek.

1978-1985 yillar davomida Toshkent davlat tibbiyot institutida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – sanitariya, gigiyena va epidemiologiya.

1985-1987 yillarda Toshkent davlat tibbiyot instituti bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi assistenti, 1987-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti shifokori, kichik ilmiy xodimi, ilmiy xodimi, 1995-1996 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Baynalminal madaniyat markazi mutaxassisi, 1996-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Suv muammolari instituti yetakchi ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri v.b., doktoranti, katta ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri lavozimlarida  faoliyat yuritgan.

2010 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish