Hakimov Rahim Rasuljonovich
Hakimov Rahim Rasuljonovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Biografiyasi

1983 yil 2 yanvarida Namangan viloyati, Chust tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1999-2003 yillarda Namangan davlat universiteti bakalavr yo‘nalishida, 2004-2005 yillarda Toshkent davlat yuridik instituti magistratura yo‘nalishlarida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos. Yuridik fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Yig‘ma axborot-tahlil guruhi yetakchi ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan.

2006-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Sud-huquq sohasi va inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga oid qonun hujjatlari monitoringi guruhi yetakchi ilmiy xodimi, 2008-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Sud-huquq sohasi va inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga oid qonun hujjatlari monitoringi guruhi bosh ilmiy xodimi, 2008-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasi Yuridik fanlar kafedrasi dotsenti (o‘rindoshlik asosida), 2010-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi qonun hujjatlari monitoringi guruhi rahbari, 2012-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Davlat tuzilishi va boshqaruvi asoslari” kafedrasi dotsenti (o‘rindoshlik asosida), 2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi qonun hujjatlari monitoringi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish