Xamroqulov Abdullajon Qodirovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Biografiyasi

1973 yil 14 aprelda Andijon viloyati, Asaka tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1992-1997 yillarda Andijon qishloq xo‘jalik institutida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muxandis-mexanik. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 1997 yilda Andijon qishloq xo‘jalik instituti “Metallar texnologiyasi va mashina detallari” kafedrasi assistenti lavozimidan boshlagan.

2012-2013 yillarda Andijon qishloq xo‘jalik instituti qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani vazifasini bajaruvchisi, 2013-2015 yillarda Andijon qishloq xo‘jalik instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlar bilan ishlash buyicha prorektori lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish