Shodmonov Adham Xursanbaevich
Shodmonov Adham Xursanbaevich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Biografiyasi

1965 yil 29 noyabrda Toshkent shaxrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

2006 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

1985-1989 yillarda Samarqand qishloq xo‘jalik institutini, 1997-2001 yillarda Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutahassisligi – buxgalter, iqtisodchi, huquqshunos.

Mehnat faliyatini 1987 yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat agrosanoat qo‘mitasi RBAH markazining Samarqand filiali 7-bo‘limida katta texnigi lavozimidan boshlagan.

1989-1990 yillarda Samarqand viloyati agrosanoat qo‘mitasining katta mutaxassisi, 1990-1991 yillarda Samarqand viloyati “Agrota’minottuzatish” birlashmasining katta mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, 1991-1992 yillarda Samarqand viloyati iqtisodiyot qo‘mitasining moddiy jamg‘armalar bo‘limida yetakchi mutaxassis, 1992-1998 yillarda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish viloyat hududiy boshqarmasining bosh mutaxassisi, sho‘‘ba mudiri, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i, 1998 yil davomida «Inter-Aziya»  yopiq aksiyadorlik jamiyatining huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, 1998-2001 yillarda Respublika ko‘chmas mulk birjasining bosh huquqshunos-maslahatchisi, 2001-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat  qo‘mitasi bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, kotibiyat mudiri, bosh boshqarma boshlig‘i, davlat mulki qo‘mitasi hay’ati a’zosi, 2003-2005 yillarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, 2005-2007 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi, 2007-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari – Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining a’zosi, 2010-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2015 yil 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish