Egamov Aybek Normuhammedovich
Egamov Aybek Normuhammedovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Biografiyasi

1973 yil 15 iyulda Andijon viloyati, Izboskan tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1994-1998 yillarda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2010-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutahassistligi – muhandis-mexanik.

Mehnat faoliyatini 1995 yildan Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi Izboskan tumani bo‘limi kompyuter operatori lavozimidan boshlagan.

1998-2001 yillarda Izboskan tumani qishloq xo‘jaligi korxonalariga va tadbirkorlarga amaliy yordam va konsalting xizmati ko‘rsatuvchi markazi direktori, 1999-2001 yillarda O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi Izboskan tuman bo‘limi Kengashi raisi o‘rinbosari, ijrochi direktori, 2001-2004 yillarda Izboskan tumani mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘limi boshlig‘i,  2004 yil davomida Izboskan tumani hokimligi ish yuritish bo‘limi mudiri, 2004-2006 yillarda Andijon viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi mehnat bozori va dasturlarni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, 2006-2008 yillarda Andijon viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2008 yil davomida Andijon viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi tashkiliy-huquqiy bo‘limi boshlig‘i, 2008-2009 yillarda Andijon viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi tizimidagi "Sahovat" uyi direktori, 2009-2010 yillarda Andijon viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2010 yil davomida Baliqchi tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari,  2010-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi, 2011-2014 yillarda Baliqchi tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2014-2015 yillarda Andijon viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish