Zokirov Islomjon Ilhomjonovich
Zokirov Islomjon Ilhomjonovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Biografiyasi

Zokirov Islomjon Ilxomjonovich 1979 yil 12 iyunda Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1997-2001 yillarda Farg‘ona davlat universiteti bakalavr yo‘nalishida, 2001-2003 yillarda Farg‘ona davlat universiteti magistratura yo‘nalishida taxsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – odam va hayvonlar fiziologiyasi magistri. Biologiya fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyatini 1996 yilda Farg‘ona davlat universiteti o‘quv bo‘limi operatori lavozimidan boshlagan.

2003-2005 yillarda Farg‘ona davlat universiteti fan bo‘limi muhandisi, 2005-2007 yillarda Farg‘ona davlat universiteti aspiranti, 2007-2011 yillarda Farg‘ona davlat universiteti “Zoologiya” kafedrasi o‘qituvchisi, xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb etish bo‘limi boshlig‘i, 2011 yilda Farg‘ona davlat universiteti tabiiyot-geografiya fakulteti dekan o‘rinbosari, “Zoologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2011-2014 yillarda Farg‘ona davlat universiteti tabiiyot-geografiya fakulteti dekani, “Zoologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2014-2015 yillarda Farg‘ona davlat universiteti “Zoologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan.

2015 yilning 12 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish