Konimex tumanidagi “To‘qqiztepa” MFYda tashkil etilgan sayyor qabulda toza ichimlik suvi tanqisligi, ishsizlik masalasi, sport zallari yo‘qligi muhokama qilindi

15.02.2018, 19:57

Konimex tumanidagi “To‘qqiztepa” MFYda tashkil etilgan sayyor qabulda toza ichimlik suvi tanqisligi, ishsizlik masalasi, sport zallari yo‘qligi muhokama qilindi

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari ishtirokida sayyor uchrashular o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday uchrashuvning navbatdagisi  Konimex tumanidagi “To‘qqiztepa” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.

Aholining dardini tinglash, ularning muammolariga yechim topish, xalq manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga qaratilgan sayyor uchrashuvda fuqarolardan har xil mazmunda tushgan muammolar atroflicha o‘rganildi.

Mazkur mahalla faollari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muammolarning aksariyati toza ichimlik suvi tanqisligi, ishsizlik masalasi, bolalar sport bilan shug‘ullanishlari uchun sport zal yo‘qligi haqida bildirildi.

Xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida bildirilgan masalani ijobiy hal etishda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi K.Narmuratova yaqin oylarda 200-250 ish o‘ringa ega bo‘lgan kichik korxona ishga tushishi va mahalladagi ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlanishi haqida ta’kidlab o‘tdi.

Sayyor uchrashuvda xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi deputatlari mutasaddi tashkilotlarni jalb qilgan holda yuqoridagi kamchiliklar yuzasidan berilgan topshiriqlarni nazorat qilish, kerak bo‘lsa, deputatlik vakolatidan foydalanib, ularga amaliy yordam berish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

 

Ch.RADJABOV,

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

jismoniy va yuridik shaxslarning

murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2319
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+