O‘zLiDeP deputatlik guruhi nazoratida Mingbuloqda 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi

16.02.2018, 14:57

O‘zLiDeP deputatlik guruhi nazoratida Mingbuloqda 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi

“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnolgiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat Dasturining qabul qilinishi, avvalo yurtimizda faol tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama himoya qilish, ular faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

O‘zLiDeP Mingbuloq tuman Kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan  “Qulay ishbilarmonlik muhiti – mamlakat taraqqiyotining muhim omili” mavzusidagi davra suhbatida shu haqida so‘z bordi. Tadbirda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida raqobatbardosh, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini tobora kengayib borayotgani, yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligini ta’minlashga erishilayotgani ta’kidlandi.

Tadbirda partiya Mingbuloq tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan 2018 yilda tumandagi kichik biznes sub’ektlarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi 13 loyihani amalga oshirilishiga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish va natijada 200 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Ibrohim SATTAROV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1210
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+