Giyohvandlikka qarshi birga kurashaylik

16.02.2018, 15:24

Giyohvandlikka qarshi birga kurashaylik

O‘zLiDeP Olmaliq shahar Kengashi “Giyohvandlikka qarshi birga kurashaylik” mavzuida davra suhbati tashkil etdi. Unda partiya shahar Kengashi mas’ul xodimlari, kollej o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdi.

Davra suhbatida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan. Yoshlarimiz shu imkoniyatlardan foydalanib, o‘z iste’dod va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarib, xalqaro miqiyosda yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar. Hozirgi kunda paydo bo‘layotgan dolzarb muammolar, turli illatlar, g‘arazli niyatlardan yosh avlodni asrash barchamizning zimmamizdagi ulkan mas’uliyatdir.

– Nafaqat inson salomatligi va taqdiri, balki jamiyat uchun ham juda xavfli hisoblangan giyohvandlik ko‘plab illatlarning manbaidir, – deydi Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining ijrochi kotibi D.Akbayeva. – Oilaviy hayotga yengil-elpi qarash va giyohvandlik tufayli jinoyat ko‘chasiga kirib qolayotgan yoki OITS kabi bedavo dardlarga mubtalo bo‘layotgan yoshlar hali ham uchrab turgani achinarli holdir. Shu bois O‘zLiDeP bu kabi tadbirlarni tez-tez o‘tkazib turishga, yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning muammolarini bartaraf etishga o‘zining ustuvor vazifasi, deb qaraydi.  

Davra suhbatida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida soha mutaxassislarining ma’ruzalari tinglandi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2477
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+