“Dzyudo” sport turi bo‘yicha tumanlararo o‘rtoqlik uchrashuvida uyushmagan yoshlar sportga jalb qilindi

16.02.2018, 16:47

“Dzyudo” sport turi bo‘yicha tumanlararo o‘rtoqlik uchrashuvida uyushmagan yoshlar sportga jalb qilindi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan Yangibozor tumanida yosh o‘smirlar o‘rtasida sportning “Dzyudo” turi bo‘yicha tumanlararo o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.

Partiyamizning asosiy maqsadlaridan biri ham barkamol avlod tarbiyasini shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini yaratish, ularning faol va tashabbuskor, har tomonlama sog‘lom bo‘lishlarini ta’minlashdan iborat. - Ushbu sport musobaqasi  yoshlarni, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni sportga jalb qilish, ularning muntazam faolligini oshirish, Dzyu-do sport turini yanada rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga amal qilishi, ma’naviy va jismoniy komillikka intilishi zarurligini tushuntirish biz deputatlarning, partiya faollarining vazifamizdir, – deydi partiya tuman Kengashi deputatlik guruhi rahbari N.Abdullayev.

 “Dzyudo” kurashi keskin tortishuvlarga boy bo‘lib, kurash natijalariga ko‘ra 26, 29 va 32 kg gacha bo‘lgan vazn g‘oliblaridan 1 va 2-o‘ringa 9 nafar, 3-o‘ringa 18 nafar yosh sportchilar partiya viloyat Kengashining faxriy yorlig‘i va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

                                                                                   Nilufar Djabbarova

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1727
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+