Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar O‘zLiDeP deputatlari tomonidan muhokama etilmoqda

17.02.2018, 12:35

Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar O‘zLiDeP  deputatlari tomonidan muhokama etilmoqda

Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib otmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorining viloyat hududidagi ijrosini nazorat-tahlil tariqasida o‘rganish yakunlari muhokama qilinmoqda.

Unda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Odilxon Rustamov mao‘kur qaror ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati yuzasidan hisobot bermoqda. Yig‘ilishda Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AK, Suvoqava DUK, tijorat banklari, Savdo sanoat palatasi, Davlat soliq qo‘mitasining Toshkent viloyatidagi hududiy bo‘lim va boshqarmalari rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etishyapdi.

  • Ko'rildi
    1488
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+