Deputatlar sog‘lom turmush tarzi tarafdori

19.02.2018, 17:04

Deputatlar sog‘lom turmush tarzi tarafdori

Kuni kecha O‘zLiDeP Chilonzor tuman Kengashi tomonidan ushbu shior ostida “Kross” musobaqasi o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar tuman Kengashlariga O‘zLiDePdan saylangan deputatlar, partiya “Yoshlar qanoti” faollari, mahalla aholisi hamda tadbirkorlar ishtirok etgan ushbu musobaqa 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturida keltirib o‘tilgan madaniyat va sport sohasini yanada rivojlantirish borasidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Deputat xalq vakili sifatida, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama o‘rnak bo‘lishi kerak. Bu borada deputatlik guruhi a’zolari bilan o‘z oldimizga qator maqsad va vazifalarni belgilab olganmiz, - deydi Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Madamin Nazirov. —Xususan, Davlat dasturidagi muhim va ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, jismoniy tarbiya va sport sohasida xususiy sektor va tadbirkorlikni rivojlantirish, sport muassasalari, ayniqsa, xususiy sektor orqali aholiga sifatli jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish va sport xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlashga oid chora-tadbirlar  ishlab chiqilishida faol ishtirok etamiz va bu borada ham o‘z takliflarimizni kiritamiz. Zero, inson, eng avvalo, jismonan va ruhan sog‘lom, tetik, baquvvat bo‘lsagina kayfiyati baland, mehnati barakali, hayoti sermazmun bo‘ladi.

Musobaqa davomida “Kross” marrasiga birinchi yetib kelgan va faol ishtirok etgan ishtirokchilarga partiya hamda homiylarning esdalik, qammatbaho sovg‘alari topshirildi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1715
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+