Davlat dasturida belgilangan vazifalar tadbirkorlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi

19.02.2018, 17:32

Davlat dasturida belgilangan vazifalar tadbirkorlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi

O‘zLiDeP Nukus shahar Kengashi tashabbusi bilan Nukus iqtisodiyot kollejida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvar kungi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonidan kelib chiqib partiya oldida turgan  vazifalar yuzasidan seminar tashkil etildi.

Tadbirda Davlat dasturida partiyamizning asosiy elektarati bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga keng yo‘l ochilgani, ularning oldidagi to‘siqlarni bartaraf etishning aniq chora-tadbirlari ishlab chiqilgani shuningdek, tadbirkorlik, yaratuvchanlik bugun hayotiy zaruriyatga aylaniyotgani ta’kidlandi.

– Tadbirkorlarga bildirilayotgan yuksak ishonch  o‘z navbatida ular zimmasiga katta   mas’uliyat yuklaydi, – deydi xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati Odil Quranboyev. – Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining muhim pallasiga kirgan hozirgi davrda tadbirkorlar va ishbilarmonlar ushbu islohotlarning faol ishtirokchisi, lokomativiga aylanishi zarur. Bu vazifani amalga oshirishda partiyamiz tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi va ularga yaqin ko‘makdosh bo‘lishi kerak.

Seminar doirasida Nukus iqtisodiyot kollejining bir guruh faollari O‘zLiDeP a’zoligiga qabul qilindi.

A.JAILGANOV,

O‘zLiDeP Nukus shahar Kengashi raisi v.b

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1273
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+