Ayollar salomatligi jamiyat – poydevori

19.02.2018, 17:44

Ayollar salomatligi jamiyat – poydevori

O‘zLiDeP Xazorasp tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Sog‘lom ona va bola – farovon va kuchli jamiyat tayanchi” mavzusida tumanidagi 38 sonli oilaviy poliklinikada yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda yoshlar, partiyaning faol xotin-qizlari ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – mamlakatimizda ona va bola solamatligini muhofaza qilish, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, erta nikoh qurishni oldini olish, har xil yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlarini oldini olishda hamda xotin-qizlarni tibbiy bilimlarini oshirishdan iborat.

– Mamlakatimizda barcha sohalar singari sog‘liqni saqlash sohasiga ham katta e’tibor qaratilmoqda, – deydi Xazorasp tumanidagi 38 sonli oilaviy poliklinika mudiri, O‘zLiDeP faoli Muyassar Rahimova. – Ona va bola salomatligini ta’minlash, farzand ko‘rish yoshidagi qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, homilador ayollarning irsiy va tug‘ma kasalliklarini aniqlashda “Ona va bola skrining” dasturi hayotga tatbiq etilishi kerakligi alohida ta’kidlandi.

Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida so‘ngi yillarda 6-15 yoshdagi bolalar orasida o‘tkir yuqumli kasalliklar 38,1, pnevmoniya bilan og‘rigan bolalar 36,7, bronxit bilan kasallanish 30,8 foizga kamaydi. 

Tadbir yakunida 45 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi.

Musharraf RAXIMOVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1772
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+