Chustlik tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirib 200 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlashni maqsad qilgan

20.02.2018, 11:09

Chustlik tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirib 200 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlashni maqsad qilgan

Chustlik Saodat Tojibayeva 2016 yildan buyon “Chust O‘ktamjon servis” MChJda rahbarlik qiladi. Ayni chog‘da 150 dan ortiq xotin-qiz faoliyat ko‘rsatayotgan korxonada 24 turdagi kiyim-kechak ishlab chiqarilib, xorijga eksport qilinmoqda. Lekin korxona rahbari maxsulotlar hajmini keskin oshirib, yana qo‘shimcha ish o‘rni yaratish niyatida. 

– Korxonamiz 150 nafar ishchiga mo‘ljalangan, – deydi S.Tojibayeva. –Biroq biz mahsulot turini yanada kengaytirib, qo‘shimcha ish o‘rni yaratmoqchimiz. Shu bois, mutasaddilardan Chust pedagogika kolleji turar joyini ajratishda yordam so‘rab murojaat qildim. Agar bu bino bizga ajratilsa, yana 200 nafar qo‘shimcha ishchi o‘rni yaratib, yoshlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashgan bo‘lardim.  

Ta’kidlash kerak, O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi xodimlaridan iborat ishchi guruhning To‘raqo‘rg‘on, Mingbuloq va Chust tumanlarida bo‘lib o‘tgan muloqotlarda bu kabi aniq taklif-tavsiyalar keng muhokama etilmoqda. Uchrashuvlarda turli soha mutasaddilarining ishtirok etayotgani esa ko‘plab muammolarini bartaraf etish imkonini bermoqda.

 O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1432
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+