O‘zLiDeP sayyor qabulida jizzaxliklarning 9 shikoyati ijobiy yechim topadigan bo‘ldi

20.02.2018, 11:32

O‘zLiDeP sayyor qabulida jizzaxliklarning 9 shikoyati ijobiy yechim topadigan bo‘ldi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh a’zolarining xalq bilan bevosita muloqotlari davom etmoqda.  Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi G‘allaorol tumanidagi “Samarqand” hamda  “Baxt”  fuqarolari  yig‘inida bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda O‘zLiDeP viloyat Kengashi ishchi guruh a’zolari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari ishtirok etdi.

Shuningdek, o‘tkazilgan sayyor qabulda ijtimoiy muhofaza sohasiga oid masalalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda bank krediti sohalari bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi. Xususan, ijtimoiy muhofaza sohasiga oid 8 ta, fermer xo‘jaligi faoliyati bo‘yicha 1 ta muammo va takliflar tegishli mutaxassislar tomonidan muhokama etildi.

Masalan, “Baxt” MFYda yashovchi Qandolat Shodiyeva foydalanilmay turgan 90 gektar yer maydonini qayta tenderga qo‘yish  yuzasidan murojaat etdi. Sayyor qabulda mazkur masala yuzasidan qilingan murojaat nazoratga olinib, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Odil Mamirov O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari G‘allaorol tuman kengashi raisi Furqat Begmatovga tegishli tartibda deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Sayyor qabulda fuqarolardan sog‘liqni saqlash masalalari yuzasidan  ham qator murojaatlar bo‘ldi. Masalan “G‘allakor” qishlog‘ida yashovchi Salomat Jo‘lbekova nogiron o‘g‘li Jahongir Jo‘lbekovni nogironlar uyiga joylashtirishda qiyinchiliklarga uchrayotgani yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat etdi. Ushbu masala Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Erkin Xo‘jaqulov tomonidan o‘rganib chiqilib, tuman mutasaddi rahbarlariga tegishli tartibda deputatlik so‘rovi yuborib masalani ijobiy hal etishini ta’kidlab o‘tdi.

Bunday sayyor qabullar viloyatning barcha tumanlarida tashkil etilmoqda.

A.YAKUBOV,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashining

jismoniy va yuridik shaxslarning

murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1219
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+