O‘zbekiston tumanida 50 ta yangi ishchi o‘rni yaratildi

20.02.2018, 11:39

O‘zbekiston tumanida 50 ta yangi ishchi o‘rni yaratildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP tashabbusi bilan o‘tkazilgan O‘zbekiston faol tadbirkorlar anjumanida Murojaat qabul qilingan edi.

Mazkur Murojaatnoma Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan minglab tadbirkorlarni ruhlantirib, faol tadbirkorlar safiga kirish hamda halqimiz farovonligi va yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga undamoqda.

Viloyatning chegara oldi hududlaridan biri O‘zbekiston tumani hisoblanadi. Hududda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish muhim ahamiyatga ega. Bu borada O‘zLiDeP tuman Kengashi tashabbus ko‘rsatib, tadbirkorlarga amaliy ko‘mak berib kelmoqda.

Mamlakatimizning barcha tadbirkorlariga yo‘llangan Murojaatnomadan keyin tumandagi “FC Turon” MChJning gips ishlab chiqaruvchi korxonasi foydalanishga topshirildi. Korxona ishga tushishi munosabati bilan 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

– Korxona tomonidan bir kecha kunduzda 250 tonna gips mahsuloti ishlab chiqariladi, – deydi korxona rahbari Olimxon Ahmedov. – Ishchilarimizning yarmidan ko‘pi yoshlardan iborat. Kelajakda korxona faoliyatini yanada kengaytirib, yangi ish o‘rinlari yaratishga, aholini sifatli mahsulot bilan ta’minlashga harakat qilamiz.

Ta’kidlash kerak, bugun mazkur Murojaatnoma viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha tadbirkorlarni Prezidentimiz tashabbusi bilan Harakatlar strategiyasi hamda Davlat dasturida ilgari surilgan vazifalarni bajarishda bir maqsad sari birlashtirmoqda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol va tashabbuskor bo‘lishga undamoqda.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1385
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+