Galdagi vazifalar belgilab olindi

20.02.2018, 12:02

Galdagi vazifalar belgilab olindi

Bugungi kunda O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashida 641 ta BPT o‘z safiga 17013 nafar a’zoni birlashtirgan holda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida  belgilangan ustuvor vazifalarni keng muhokama qilishmoqda.

Bu haqda O‘zLiDeP viloyat Kengashi tashabbusi bilan Forish tuman Tibbiyot birlashmasida “Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash – mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishi va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash omilidir” mavzusida tashkil etilgan tadbirda alohida ta’kidlandi.

– Mamlakatimizni 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi ustuvor vazifalarni hayotga joriy etish O‘zLiDeP Dasturi va saylovoldi Platformasida ilgari surilgan maqsad-vazifalar bilan hamohangdir, – deydi O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi BPT bilan ishlash guruhi rahbari Xolbek Asadov. – Shu bois, quyi bo‘g‘inlarda o‘tkazilayotgan Davlat dasturi ijrosiga bag‘ishlangan turli tadbir va davra suhbatlarida keng jamoatchilik vakillarini, mahalliy Kengash deputatlari hamda elektorat vakillarini jalb qilishga alohida e’tibor qaratyapmiz.

Tadbirda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshiriladigan tadbirlar va partiyaning mahalliy Kengashi deputatlik korpusi bilan aholi manfaatlarini xamkorlikda hal qilishga qaratilgan ishlar rejasi ham tasdiqlab olindi.

 O‘zLiDeP Jizzax viloyati Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1193
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+