“Diplom bilan biznesga” yo‘l olamiz!

20.02.2018, 15:21

 “Diplom bilan biznesga” yo‘l olamiz!

Andijon shahar sanoat va transport kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan davra suhbati aynan shu mavzuga bag‘ishlandi. O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda dastlab partiya “Yoshlar qanoti”ning istiqbolli loyihalari haqida ma’lumot berildi.

– Bugungi tadbirda Davlat Dasturining iqtisodiyotni  rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratdik, – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi qoshidagi siyosiy ta’lim markazi rahbari Ravshanbek Abdurahimov. – Maqsadimiz yoshlarning siyosiy sohadagi bilimlarini mustahkamlash, ayniqsa, joriy yilda belgilangan dolzarb vazifalar ijrosida yoshlarning o‘rni, ahamiyatini yanada kengroq targ‘ib qilishdan iborat.

Davra suhbati davomida Davlat Dasurining har bir yo‘nalish va bo‘limlar yuzasidan yoshlar ishtiroki bo‘yicha bo‘lib o‘tgan savol-javoblar bahs-munozaralarning jonlanishiga turtki bo‘ldi.

Tadbir yakunida o‘z biznesini boshlash istagidagi yigit-qizlarga soha mutaxassislari tomonidan taklif-tavsiyalar berildi.

Basriddin YUSUPOV,

        O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1455
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+