Biz Navoiy izdoshlarimiz!

09.02.2018, 15:26

Biz Navoiy izdoshlarimiz!

Sahna tarixiy bezatilgan.  Maktab o‘quvchilari tomonidan Navoiy va Guli monologining jonli ijro etilishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. O’zLiDeP Oltinko‘l tuman Kengashi tashabbusi bilan tashkil qilingan navoiyxonlik kechasi aynan mana shu sahna ko‘rinishi bilan boshlandi.

-Guli timsolini yaratishda Hazrat Mir Alisher Navoiyning nafaqat hayot va ijodiga, balki qalbiga ham kirganday bo‘ldim, - deydi tumandagi 1-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Komila Umarova. – O‘sha mashhur monologni o‘qir ekanman, go‘yoki o‘zimni tarixga qaytgandek his qildim. Ulug‘ bobomizning ijodi va faoliyatini har qancha o‘rgansak ozdek tuyuladi.

Tadbirda ishtirok etgan tuman Madaniyat saroyi vakillarining maqom hamda Oltinko‘l tumanidagi 1-, 2-umumta’lim maktabi o‘quvchilarining g‘azalxonlik, ruboiyxonlik yo‘nalishidagi badiiy chiqishlari yig‘ilganlarda yanada ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otdi.

-Navoiy hayotining hamda ijodining eng qaynoq nuqtalari asosida tayyorlangan videorolikni katta qiziqish bilan tomosha qildilar, - deydi O’zLiDeP Oltinko‘l tuman Kengashi raisi Begali Azimov. – Bunday lavhalar yoshlarda adabiyotga bo‘lgan mehrni mustahkamlash bilan birga ulardagi yurtga muhabbat, sadoqat tuyg‘ularining ham to‘g‘ri kamol topishiga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilarga O’zLiDeP Oltinko‘l tuman Kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xusnora Abdjullayeva,

O’zLiDeP Oltinko‘l tuman Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3573
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+