Mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash – iqtisodiy salohiyatimizni yuksaltiradi

20.02.2018, 17:38

Mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash – iqtisodiy salohiyatimizni yuksaltiradi

O‘zLiDeP Baliqchi tuman Kengashi tashabbusi bilan tuman xalq ta’limi bo‘limida “Tadbirkorlar va fermerlar muloqot forumi” loyihasi doirasida amaliy muloqot tashkil etdi. 

– Tadbirda Prezidentimizning “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tabirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-moxiyati tadbirkorlarga batafsil yoritib berildi, – deydi partiyaning Andijon viloyat Kengashi biznes tuzilmalari va tadbirkorlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Dilmurod Sultonov. – Ishtirokchilarning ushbu meyoriy    hujjatlar ijrosi bo‘yicha bildirgan fikr-mulohazalari – ichki va tashqi bozorni sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, agrar kompleksni rivojlantirish, ijtimoiy va davlat-xususiy sherikligining ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish, oziq-ovqat bozori barqarorligiga tahdidlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mamlakatda sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish masalalarini o‘zida ifoda etdi.

Shuningdek, tumandagi “Yustas ta’lim servis” xususiy korxonasi rahbari Ibrohimjon Suvonov, Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, Ulug‘nor qishloq xo‘jalik kolleji direktori Xayrullo Mirzayevlarning iqtisodiyot tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot, xom ashyo va material turlari bilan ta’minlash, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada samarali foydalanish, iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyati yanada oshirilishi lozimligi yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.   

Tadbir so‘ngida tadbirkor va fermerlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishdi.

Gulnoraxon QODIROVA,

 O‘zLiDeP Baliqchi tuman

                                                                                    Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1225
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+