O‘zLiDePning bepul tibbiy ko‘riklari – sog‘lom avlodni tarbiyalashda muhim omil

20.02.2018, 17:55

O‘zLiDePning bepul tibbiy ko‘riklari – sog‘lom avlodni tarbiyalashda muhim omil

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi  doirasida joylarda o‘tkazib kelinayotgan tadbirlar onalik va bolalikni muhofaza qilish, jamiyatda yuksak ma’naviy sog‘lom  muhitni qaror toptirishda muhim omil bo‘lmoqda. Bu borada partiya tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar e’tiborga molikdir.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan Farg‘ona shahri Sharof Rashidov mahallasida tashkil etilgan tibbik ko‘rikda o‘ndan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib,  bemorlar uchun zarur bo‘lgan dori-darmon vositalari tarqatildi.

– Bepul tibbiy ko‘riklar Farg‘ona shahar 5-sonli oilaviy poliklinika boshlang‘ich partiya tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi, – deydi Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Matluba Mahammedova. – Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi bilin yanada yaqinroq bo‘lish, ularni muammolarini o‘rganish, ayniqsa, ona va bola salomatligini muhofaza qilish orqali sog‘lom avlodni tarbiyalashdan iborat.

Tadbirda xotin-qizlarni qiziqtirgan savollarga malakali mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

 O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1305
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+