O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi ko‘magida Hojiakbarning orzusi amalga oshdi (+FOTO)

21.02.2018, 11:44

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi ko‘magida Hojiakbarning orzusi amalga oshdi (+FOTO)

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarda bo‘lib, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar qilmoqda. Ushbu jarayonlarda aholi turmush farovonligini yuksaltirishga to‘siq bo‘layotgan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

– Qo‘shtepa tumanidagi amaliy muloqotlar samimiy va ishchanlik ruhida o‘tmoqda. Aholi bilan yuzma-yuz muloqotlarda  aksariyat muammolarni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratayapmiz – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Shuhrat Sharafutdinov.  – Tumandagi 18-o‘rta maktabga biriktirilgan, bolalikdan nogironligi bo‘lgan Hamidov Hojiakbar sharoiti o‘rganilganda, u bir orzusi borligini bayon etdi. U ham bo‘lsa, kompyuterdan foydalanish imkoniga ega bo‘lish ekan. Xojiakbarning orzusini amalga oshirish uchun amaliy harakatlar bajarildi va unga  zamonaviy kompyuter topshirildi.

  • Ko'rildi
    1450
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+