Qanliko‘lda 344 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi

21.02.2018, 17:00

Qanliko‘lda 344 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi

Qanliko‘l tumanidagi “Qos jap” OFYda yashovchi Gulshad Qadirova anchadan buyon ishsiz. Ish qidirib bir necha tashkilotga murojaat qilgan fuqaro ayrim rahbarlarning: “hozir bizda bo‘sh ish o‘rni yo‘q, telefon raqamingizni qoldiring biror ish chiqib qolsa xabar qilamiz” degan  puch yolg‘onlaridan charchadi.  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zLiDeP Qanliko‘l tuman kengashi, tuman hokimligi va bandlikka ko‘maklashish markazi hamkorligida aholining ishsiz qatlami, kollej biruvchilari hamda harbiy xizmatni o‘tab kelgan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida esa uning orzusi ro‘yobga chiqdi.

–Ish qidirib bormagan tashkilotim qolmadi, – deydi u. – Lekin hamma joyda bir xil gap: “hujjatlaringizni qoldiring o‘zimiz xabar qilamiz”. Bugungi mehnat yarmarkasining tashkil etilganligi esa men uchun ayni mudao bo‘ldi. Yarmarkaga o‘zining bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashayotgan tumanimizdagi 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi bilan shartnoma tuzdim va shu yerning o‘zida ishli bo‘ldim. Buning uchun tadbir tashkilotchilariga rahmat.

–Bu kabi amaliy ishlarning aholi ayniqsa, yoshlarning bandligini ta’minlash hamda korxona va tashkilotlarning yangi ishchi kuchi bilan to‘lishishidagi hissasi ulkan, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Xaniyazov. – Chunki yarmarka davomida ko‘plab yoshlar, xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda, ularning orzulari ro‘yobga chiqmoqda. Shu bois, fraksiyamiz a’zolari bilan kelgusida ham bunday yarmarkalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida tashkil etishni rejalashtirganmiz.

Ta’kidlash kerak, mehnat yarmarkasi davomida 21 nafar fuqarolar tadbirkorlik sub’ektlariga, 323 nafari esa fermer xo‘jaliklariga ishga joylashtirilib, bandligi ta’minlandi. Shu bilan birga, 54 nafar fuqaroga tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar olishi uchun kerakli ma’lumotlar berildi.

   O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1311
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+