O‘zLiDeP deputati ko‘magida “Qangli”lik fuqaroga

21.02.2018, 18:58

O‘zLiDeP deputati ko‘magida “Qangli”lik fuqaroga

O‘zLiDeP Qo‘ng‘irot tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Talliq” MFYda tashkil etilgan ochiq muloqotda mahallada yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar ko‘rib chiqildi, shikoyat va arizalar yozishga turki bo‘lgan sabablar tahlil etildi.

“Qangli” MFYda yashovchi A.Yusupova o‘z hovlisida chorvachilik bilan shug‘ullanishni ko‘ngiliga tukkaniga ancha bo‘lgan edi. Lekin uning chorvachilik faoliyatini boshlash uchun tirojat banklariga imtiyozli kredit so‘rab qilgan murojaati hozirga qadar hal etilgani yo‘q.

Muloqotdan so‘ng uning murojaati tez kunlarda ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Z.Seydullayeva kam ta’minlangan oilalar uchun yillik 4 foiz ustama to‘lash sharti bilan imtiyozli kredit berilayotganini aytib, ushbu murojaatni tez kunlarda yechib berishini aytdi.

– Xalqning ichiga kirib borish, xonadonma-xonadon yurib, ularning taklif va muammolarini tinglash, oddiy odamlarga mehr-oqibat ko‘rsatish, suyanch va g‘amxo‘r bo‘lish xalqimizga xos fazilatlardan sanaladi, – deydi Z.Seydullayeva. – Shu bois, ayni chog‘da odamlar bilan ko‘proq muloqot qilishga, ularni o‘ylantirayotgan muammolarni o‘rganish va hal etishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Bugungi muloqotdan ko‘zlangan maqsad ham fuqarolarning shikoyatlarini atroflicha o‘rganish, ularni o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topishdan iborat edi va bunga erishildi.

Muloqotda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga qonunan yondashish, pirovardida ijtimoiy adolatni qaror toptirishga xizmat qilish, bu masalada har bir rahbar va mansabdor shaxs chuqur mas’uliyat his etishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

                                                                                      Asem SIRIMBETOVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1246
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+