Sayyor qabullarda muamolar ijobiy yechim topyapti

21.02.2018, 19:05

Sayyor qabullarda muamolar ijobiy yechim topyapti

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tashabbusi bilan Navbahor tumanidagi “G‘ujbog‘tepa” va “O‘zbekiston” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda odamlarning dardu tashvishlari, taklif-mulohazalari tinglanib, ko‘plab murojaatlar ko‘rib chiqildi, ularning salmoqli qismi belgilangan tartibda hal etildi.

“G‘ujbog‘tepa” MFYda yashovchi fuqaro Sh.Jo‘liyev ushbu hududdagi So‘g‘diyona  ko‘chasiga toza ichimlik suvi yetib bormasligi sababli mahalla ahli ichimlik suvidan qiynalayotganini aytdi. Bu masala sayyor qabulning o‘zida ijobiy yechim topdi. Tuman Suvoqava DUK tuman bo‘limi boshlig‘i A.Hudoyqulov hududga toza ichimlik suvi olib borish bo‘yicha amaliy yordam berishini ma’lum qildi.

Qabul davomida “G‘ujbog‘tepa” MFYda yashovchi fuqaro Ilhom O‘tkirov ham  “Adolat”, “Baxt”, “Sarmish” ko‘chalariga tosh yotqizish bo‘yicha murojat qildi. Ushbu murojaat yuzasidan tuman yo‘l qurilish bo‘limi xodimi M.Qodirov hududlarga tosh yotqizish ishlari 2020-yilga qadar bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga va’da berdi.

Muloqot yakunida barcha murojaatlarning ijrosi qat’iy nazoratga olindi. 

Otabek ATAQULOV,

O‘zLiDeP Navbahor tuman

Kengashi  apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1424
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+