O‘zbekiston faol tadbirkorlari murojaati hammamizni bir yoqadan bosh chiqarib ishlashga undaydi

22.02.2018, 14:48

O‘zbekiston faol tadbirkorlari murojaati hammamizni bir yoqadan bosh chiqarib ishlashga undaydi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan “Prezident g‘oyalari bilan kelajak sari” shiori ostida o‘tkazilgan “O‘zbekiston faol tadbirkorlari anjumani” doirasida O‘zbekiston tadbirkorlariga murojaat qabul qilingan edi.

Mazkur anjumanni barcha tuman va shahar Kengashlarida  tadbirkorlarga va partiya faollariga targ‘ibot qilish maqsadida davra-suhbatlari tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlarning biri O‘zLiDeP  Sh.Rashidov tuman Kengashi tomonidan tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazildi.

Anjumanda “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonda belgilangan vazifalar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

– Shu paytgacha xorijga mahsulot eksport qilmayotgan edik, – deydi “Roison Home White Goods” MChJ korxonasi direktori Abdulaziz Yunusov. – O‘tgan yildan boshlab mahsulotlarimizni Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston bozorlariga yetkazib berishni boshladik. Bunda Davlatimiz rahbarining tadbirkorlik sub’ektlariga berayotgan imtiyozlari muhim ahamiyat kasb etayotir.

Tadbirkorlarga berilayotgan bunday keng ko‘lamli imkoniyatlarni Jizzax EIZ da amalga oshirilayotgan yirik loyihalar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Ushbu loyihalar asosida yaratilayotgan ish o‘rinlari minglab yigit-qizlarimizning ish bilan ta’minlashga, pirovardida, oilalar farovonligiga xizmat qilmoqda.

 Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston tadbirkorlariga murojaatda va Davlat dasturida bayon etilgan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirish, ona yurtimizning taqdiri va kelajagi, farzandlarimiz baxti va kamolini ta’minlashda hal qiluvchi bosqich bo‘ladigan 2018 yil “Barchamizni bir yoqadan bosh chiqarib ishlashga, umumiy maqsadlar yo‘lida birlashishga chorlaydi”, shiori ostida aniq vazifalarni belgilab olish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.                                                   

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1377
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+