Murojaatda “Tadbirkorlik kodeksi”ni ishlab chiqish taklifi ilgari surilgani namanganlik tadbirkorlarni yanada ruhlantirdi

22.02.2018, 17:19

Murojaatda “Tadbirkorlik kodeksi”ni ishlab chiqish taklifi ilgari surilgani namanganlik tadbirkorlarni yanada ruhlantirdi

O‘zLiDeP tashabbusi bilan “Prezident g‘oyalari bilan kelajak sari” shiori ostida poytaxtimizda o‘tkazilgan “O‘zbekiston faol tadbirkorlari anjumani” doirasida O‘zbekiston tadbirkorlariga murojaat qabul qilindi. Barcha hududlarda bo‘lgani kabi Namangan viloyatida ham mazkur murojaatning mazmun-mohiyati partiya elektorati bo‘lgan tadbirkorlar va ishbilarmonlarga keng targ‘ib qilinmoqda. 

Xususan, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida tashkil etilgan tadbirlarda anjumanda qabul qilingan murojaat mazmun-mohiyati ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish uchun xizmat qiluvchi “Tadbirkorlik kodeksi”ni ishlab chiqish g‘oyasi ilgari surilgani tadbirkorlarni yanada ruhlantirdi.

- 2018 yil chinakamiga biz tadbirkorlar yili bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi, - deydi Chortoq tumanidagi “Stomserviz” MChJ rahbari Maxmudjon Raximov. - Bugungi murojaat tadbirkor va ishbilarmonlarni birdamlikda harakat qilishga undadi. Zero bu harakatlarimiz har bir hududni rivojlanishiga, turmush farovonligimizni yanada yaxshilanishiga hamda Yurtboshimizning bizga bildirgan yuksak ishonchlarini oqlashimizga xizmat qiladi. 

Tadbir yakunida murojaat yuzasidan Xalq deputatlari Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati F.Ismatullayeva, “G‘ofurov Bekzod Toxirovich” fermer xo‘jaligi rahbari Toxirjon G‘ofurov, “Yangteks” MChJ rahbari Ziyodbek Ismanov, Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi deputati Toxirjon  Mo‘minov, “Koroskon durdona” fermer xo‘jaligi rahbari Nodira Mamatova o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

                                                                                           Yulduz Yuldasheva,

                                               O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi Matbuot xizmati rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    782
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+