Murojaatdan ruhlandik

22.02.2018, 17:41

Murojaatdan ruhlandik

Xabaringiz bor, yaqinda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi shafeligida “Prezident g‘oyalari bilan kelajak sari” shiori ostida poytaxtimizda o‘tkazilgan “O‘zbekiston faol tadbirkorlari anjumani” doirasida O‘zbekiston tadbirkorlariga murojaat qabul qilindi. Ayni kunlarda hududlarda mazkur murojaatning mazmun-mohiyati partiyamiz elektorati bo‘lgan tadbirkorlar va ishbilarmonlar, umuman, jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilinmoqda. 

O‘zLiDeP Romitan tumani Kengashi tomonidan tumandagi “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan tadbirda mahalliy Kengash deputatlari, partiya va mahalla faollari, tadbirkorlar, fermerlar, huquq-tartibot idoralari xodimlari qatnashdi.

Yig‘ilishda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi faollari tomonidan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan keng qamrovli ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qator amaliy ishlar bajarilayotgani ta’kidlandi.

– Ushbu murojaatni eshitib, nihoyatda ruhlandim, – deydi “Qahramon” MFY raisi A.Hamroyev. – Shu boisdan Havlogaron, Sarayon, Qahramon qishloqlari aholisi bilan olib borilgan tashviqot ishlari davomida tomorqalardan unumli foydalanish, ekin yerlarini nazoratsiz qoldirmaslik yuzasidan tushuntirishlar olib bordik. Shunisi e’tiborliki, ushbu murojaat zamirida xususiy sektorni taraqqiy ettirishga ham alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlanib,  har  qanday sharoitda ham tadbirkorlikni rivojlantirish orqaligina yurt ravnaqiga erishish mumkinligi aytilgan.

***********

Navoiy shahrida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida murojaatda belgilangan vazifalar yuzasidan hududda faol tadbirkorlar safini kengaytirish, xususiy sektor muhitini yanada yaxshilash omillari muhokama etildi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi, avvalambor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, zamonaviy va faol tadbirkorlar safini kengaytirishga bevosita bog‘liq ekanligi ta’kidlandi.

– Tadbirkorlarga murojaat har birimizni faollikka chorlab, g‘ayratimizni oshiradi, – deydi tumandagi “Osyo yagona” xususiy firmasi rahbari Gulchehra Berdiyeva. – O‘z navbatida, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, faoliyatimizni yanada rivojlantirishga undaydi. Prezidentimizning “Tadbirkor – bu taraqqiyot lokomotivi, yurt tayanchi”, deb bizga bildirilgan ishonchini oqlab, jonajon O‘zbekistonimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda avvalgidan-da, faol bo‘lamiz.

“XXI asr”

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1124
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+