O‘zbekiston faol tadbirkorlari Murojaatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirda izboskanlik tadbirkor “bosim”dan xalos bo‘ldi

23.02.2018, 12:14

O‘zbekiston faol tadbirkorlari Murojaatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirda izboskanlik tadbirkor “bosim”dan xalos bo‘ldi

Yaqinda poytaxtimizda O‘zLiDeP tashabbusi bilan “O‘zbekiston faol tadbirkorlari” anjumani bo‘lib o‘tgan edi. Ayni chog‘da joylarda anjumanda qabul qilingan Murojaat mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zLiDeP  Andijon viloyat Kengashi tomonidan Izboskan tumanida bo‘lib o‘tgan tadbir ham ana shu maqsadga xizmat qildi. Tadbirda O‘zbekiston faol tadbirkorlarining Murojaati va “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Tadbir davomida elektoratimiz vakillari o‘zlarini qiynayotgan muammolarni o‘rtaga tashlashdi.

– Korxonamiz Briket mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, – deydi “Nurislombek great stile” MChJ rahbari Ismoil Abdurashidov. – Ayni chog‘da faoliyatimni kengaytirish uchun 30 sotix hamda issiqxona qurish uchun 70 sotix yer ajratilishi masalasida harakat qilayotgan edim. Bugungi tadbirda muammoim hal bo‘ldi. Menga tuman hokimligi zaxirasida turgan 1 gektar yer ajratildi.  

– To‘rtko‘l paxta qabul qilish punktining bo‘sh turgan 20 sotix yer maydoni tuman hokimi tomonidan tadbirkorligimni kengaytirishim uchun ajratilganiga ko‘p vaqt bo‘ldi, – deydi tadbirda ishtirok etgan yana bir tadbirkor G‘ofurjon Sultonov. – Biroq zavod rahbari Jasur Qo‘shaqovning “bosimi” tufayli hanuzgacha faoliyatimni yo‘lga qo‘ya olmayotgan edim. Bugungi tadbirda  mutasaddilar muammoimni o‘rganib, yaqin kunlarda hal qilib berishlarini ma’lum qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston faol tadbirkorlari anjumani mazmun-mohiyati va ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan tadbirlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Dilmurod SULTONOV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    691
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+