Faol tadbirkorlar Murojaati asosida vazifalar belgilab olindi

23.02.2018, 17:16

Faol tadbirkorlar Murojaati asosida vazifalar belgilab olindi

O‘zLiDeP tashabbusi bilan o‘tkazilgan O‘zbekiston faol tadbirkorlari anjumani mazmun-mohiyati Vobkent tumanida ham keng muhokama qilindi.

Tadbirda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli islohotlar barqaror rivojlanayotgan, erkin va farovon, demokratik tamoyillarga asoslangan davlat va  adolatli jamiyatni barpo etish, inson hamda uning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgani ta’kidlandi.

– Men bu yil kasb-hunar kollejini bitirib, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchiman, – deydi Gulnoza Cho‘liyeva. – Buning uchun tuman tijorat bankiga hujjatlarimni topshirdim. Biz kabi yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, yangi ish o‘rinlari yaratib, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shmoqchiman.

Tadbir yakunida Murojaat asosida O‘zLiDeP tizimida amalga oshirilishi belgilangan kompleks chora-tadbirlar dasturida ko‘rsatib o‘tilgan ustuvor vazifalarni bajarish borasida amaliy takliflar  ishlab chiqilib, uni partiya elektorati va keng aholi qatlami orasida targ‘ib qilish borasida partiya faollari va deputatlar oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi. 

O‘zLiDeP Buxoro viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1392
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+