“Ilg‘or mamlakatlar taraqqiyotida kitobning roli katta”, deyishmoqda navoiylik maslakdoshlarimiz

23.02.2018, 17:25

“Ilg‘or mamlakatlar taraqqiyotida kitobning roli katta”,  deyishmoqda navoiylik maslakdoshlarimiz

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Durdona” loyihasi doirasida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ayni shu fikr alohida e’tirof etildi. Tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, Navoiy viloyati Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, viloyat ma’naviyat-ma’rifat markazi xodimlari, partiya faollari hamda xotin-qizlar ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, keyingi yillarda yurtimizda aholi, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnik bazasini yangilash, ayollarning kitobga qiziqishini oshirish va mutolaa madaniyatini oshirish uchun kitob bilan do‘st qilishga qaratilgan amaliy ishlar ko‘lami nihoyatda kengaygan.

– Shu kunlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish dolzarb vazifamizga aylangan, – deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi Ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri Nigora Saimova. – Buning negizida kitobni anglab o‘qish turadi. Dunyodagi ilg‘or mamlakatlarning har taraflama taraqqiyoti uchun ilmiy, falsafiy, badiiy kitoblarning roli katta bo‘lganini ko‘p bor e’tirof etamiz. Shu bois, viloyatimiz ahli o‘rtasida mumtoz adabiyotimiz va san’atimiz durdonalarini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Tadbirda chekka hududlardagi ayollarning faolligini oshirish, ularni kitobga bo‘lgan muhabbatni o‘yg‘otishga qaratilgan yangi loyihalar, ko‘rik-tanlovlar, o‘quv-seminarlarni tashkil etish borasida qator takliflar o‘rtaga tashlanib, galdagi muhim vazifalar belgilab olindi.

O‘zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashi matbuot xizmati 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1450
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+