O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi ko‘magi bilan ishsiz yurgan 3 fuqaro navbatchi fel’dsher vazifasiga ishga joylashtirildi

23.02.2018, 17:49

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi ko‘magi bilan ishsiz yurgan 3 fuqaro navbatchi fel’dsher vazifasiga ishga joylashtirildi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolaridan iborat ishchi guruh vakillari mamlakatimizning turli hududlarida bo‘lib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilmoqda, mavjud muammo va kamchiliklarga yechim topishga ko‘maklashmoqda.

Chortoq tumani “Yangiobod”, “Oyqiron”, “Bog‘”, “O‘rikzor” MFYda bo‘lgan parlament vakillari xududda aholining gaz, elektr energiyasi, toza ichimlik suvi va issiqlik manbai bilan ta’minlanishi, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi va boshqa sohalardagi muammolarini o‘rgandi.  

– 2018 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Chortoq tumani aholisining 71 mingdan ziyodi ish bilan band, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nargiz Xalilova. – Shunga qaramay, bugungi kunda tumanda ishsizlar soni 4003 nafarni tashkil etmoqda. Muloqotlar davomida bu masalaga alohida e’tibor qaratib, ishsiz yurgan Ikromali Sobitov, Isroil Xakimov va Raxmonjon Hamidovlar tuman tibbiyot birlashmasi qabulxonasiga navbatchi fel’dsher vazifasiga ishga joylashtirildi.

Ta’kidlash kerak, muloqotlar davomida “Yangiobod”, “Oyqiron”, “Bog‘” mahallalarida yashovchi aholi tomonidan suyultirilgan gaz ballonlari bo‘yicha qilingan murojaatlar ham joyida hal etildi.

          Rustamjon XAKIMOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1579
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+