Buxoroda tashkil etilgan ilmiy-amaliy seminar ishtirokchilarida Tursunbek Jalolovning “Aqlli issiqxona” innovatsion g‘oyasi katta qiziqish uyg‘otdi

24.02.2018, 12:55

Buxoroda tashkil etilgan ilmiy-amaliy seminar ishtirokchilarida Tursunbek  Jalolovning “Aqlli issiqxona” innovatsion g‘oyasi katta qiziqish uyg‘otdi

Buxoro muxandislik-texnologiya institutida O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi tomonidan Prezidentimizning 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik , innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab–quvvatlash yili”da amalga oshirishga qaratilgan “Faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay xuquqiy va tashkiliy  sharoitlarni yaratish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish” mavzusida  ilmiy – amaliy seminar tashkil etildi.

- Iqtisodiyotimizning barcha sohalariga innovatsion g‘oya va texnologiyalarni jalb qilish asosiy maqsadimiz bo‘lib, zamonaviy innovatsion texnologiyalar iqtisodiyotimizning yanada rivojlanishiga, yangi ish joylarining yaratilishiga va xalqimiz hayotining farovonligiga xizmat qiladi, - deydi Buxoro muxandislik-texnologiya instituti innovatsiyalar markazi rahbari Bobir Azimov. – Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan bo‘lsak bugungi ilmiy-amaliy seminar innovatsion g‘oya va texnologiyani qo‘llay oladigan, investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini tayyorlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini bilib olish qiyin emas. Biz ilmiy xodimlarning bugungi kundagi asosiy  vazifamiz esa davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga o‘z hissamizni qo‘shishdan iboratdir.

Tadbir davomida Buxoro muxandislik-texnologiya instituti magistr talabalaridan Tursunbek  Jalolov “Aqlli issiqxona”, Mohir Normurodov “Mahalliy xomashyolardan samarali foydalanib biogaz va biogumus olish texnologiyasini takomillashtirish”, Muxriddin Yoqubov esa “Meva-sabzavot-poliz mahsulotlarini zamonaviy qayta ishlash texnologiyasi” deb nomlangan  innovatsion ilmiy g‘oyalari bilan ishtirok etdilar.

- Mening innovatsion loyiham chorva mollari, parrandalar, o‘simliklar va barg xazonlari, oziq–ovqat chiqindilaridapn biogaz va biogumus olish imkonini beradi, - deydi M.Normurodov. - Manbaalarga ko‘ra biogaz olish texnologiyasining 80dan ortiq turlari bor. Ular orasida eng ko‘p tarqalgan metanol tranklarda anayerob bijg‘itish usulidir. Chekka hududlarda  bunday  usuldagi  kichik hajmlardan iborat biogaz qurilmalarini o‘rnatish juda qulay. Uskuna ko‘p mablag‘ va kuch talab qilmaydi. Masalan 3-3,5 mln so‘m evaziga  biogaz oladigan qurilmani ishga tushirish mumkin.

Ilmiy-amaliy seminar so‘ngida o‘z innovatsion g‘oya va istiqbolli ishlanma hamda loyihalari bilan faol qatnashgan bir guruh yosh ilmiy xodimlar, talabalar va mutaxassislar O‘zLiDeP viloyat Kengashining faxriy yorliq va  tashakkurnomalari  bilan taqdirlandilar.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1967
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+