Andijonda kitob savdosi yarmarkasida 2 ming nusxadan ziyod yangi nashrdagi kitoblar taqdim etildi

24.02.2018, 14:14

Andijonda kitob savdosi yarmarkasida 2 ming nusxadan ziyod yangi nashrdagi kitoblar taqdim etildi

Paxtachi pedagogika kasb-hunar kollejining yoshlar yetakchisi Qudratbek To‘xtasinov anchadan buyon yangi nashr etilayotgan badiiy adabiyotlar xarid qilish uchun sarmoya to‘playotgandi. Biroq masofa olisligi va vaqt masalasi qiyinchilik tug‘dirayotgandi.

Asaka pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi Yoshlar qanotining “Durdona” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Hamma kitob o‘qisin” shiori ostidagi kitob yarmarkasi uning istagiga qanot berdi.

O‘zLiDeP Asaka tumani Kengashi hamda tumandagi “Jahon” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda keng jamoatchilik vakillari, tumandagi mavjud kasb-hunar kollejlarining o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi.

–Yurtimizda milliy adabiyotimizni rivojlantirish, buyuk ajdodlarimizning boy merosini asrab-avaylash, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yosh avlodni bilimli, ma’naviyatli inson etib tarbiyalashda muhim omil bo‘lmoqda, – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi bo‘lim mudiri Muyassarxon Umurzaqova. – Ushbu yarmarka davlatimiz rahbarining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishida  belgilangan vazifalar ijrosida yana bir qadam bo‘ldi. O‘zim ham bugungi tadbirda o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan xarid qilib, uyimdagi kitob javonimni yangi asarlar bilan to‘ldirdim.

Kitob savdosi yarmarkasida ishtirokchilarga deyarli barcha mavzularni qamrab olgan sifati, narxining arzonligi bilan o‘quvchilar e’tiborini tortgan 2 ming nusxadan ortiq kitob taqdim etildi.

Boburmirzo XOJIAKBAROV,

O‘zLiDeP Asaka tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1604
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+