“Yosh liberallar” klubi a’zolarining siyosiy bilimi oshirildi

24.02.2018, 14:28

 “Yosh liberallar” klubi a’zolarining siyosiy bilimi oshirildi

O‘zLiDeP Uychi tuman Kengashi tomonidan “Yosh liberallar” klubi a’zolari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Tadbirda asosiy e’tibor yoshlarning siyosiy va iqtisodiy bilimlarini oshirish, dunyoqarashini yanada kengaytirish va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi.

–O‘g‘il-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, intilishlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, tadbirkorlikka jalb etish orqali bandligini ta’minlash O‘zLiDePning asosiy dasturiy maqsadlari biri hisoblandi, – deydi O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinosari I.Sattarov. – Shu bois, bugungi kunda partiyaning yoshlar yo‘nalishidagi asosiy e’tibori  partiya “Yoshlar qanoti”ning azmu shijoatli, tashabbuskor yigit-qizlarni o‘z atrofimizda birlashtirish, yosh faollarimizni xalq deputatlari mahalliy Kengashlar sessiyalarida ishtirokini ta’minlash, deputatlik faoliyati bilan yaqindan tanishishi uchun imkoniyat yaratishga va bu orqali navbatdagi saylovlarda partiyamizning istiqbolli yosh kadrlarini nomzod sifatida olg‘a surishga qaratilgan.

–O‘quv-seminarda “Yosh liberallar” klubi a’zosi sifatida nafaqat partiyamizning dasturiy maqsad va vazifalarini keng targ‘ib etish balki mamlakatimizning xar tomonlama rivojlanishiga ayniqsa, bu jarayonarga yoshlarni keng jalb etishga o‘z xissamizni qo‘shishimiz lozimligini yana bir bor his etdim, – deydi Uychi sanoat-transport va aloqa kasb-hunar kolleji talabasi Muhtasar Boyxanova. – Aytish joiz, bu kabi tadbirlar biz yoshlarning siyosiy bilimlarimizni yanada oshirish bilan birga, partiyaning maqsad va vazifalarini aholi orasiga keng targ‘ib qilishda yaxshi samara beradi.  

Eslatib o‘tamiz, ana shunday o‘quv-seminarlar viloyatning barcha tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda. 

Abdullalatif Rahmanov,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

 Siyosiy ta’lim markazi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1307
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+