Buxoroda partiya xodimlarining siyosiy bilimini oshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

26.02.2018, 20:44

Buxoroda partiya xodimlarining siyosiy bilimini oshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

 O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi siyosiy ta’lim markazi tomonidan Jondor tumani axborot-resurs markazida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturidan kelib chiquvchi O'zLiDeP oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzuida o‘quv-seminar tashkil etildi.  

Seminarda barcha siyosiy partiyalar qatori O'zLiDeP  ham  Davlat dasturi  ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarda faol ishtirok etishi, o‘z elektorati bilan yanada yaqinlashishi, a’zolar sonini oshirish imkoniyatlaridan samarali foydalanishi lozimligi ta’kidlandi.

  – Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda har birimizning ishtirokimiz juda muhim, – deydi O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi huzuridagi  siyosiy ta’lim markazi rahbari Z.Aslonova. – Shu bois ayni chog‘da partiyamiz tomonidan yangicha fikrlaydigan, har jihatdan yetuk, tashabbuskor, el-yurt kelajagiga befarq bo‘lmagan xodimlarni tarbiyalashga, ularning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Chunki yangicha fikrlamay yangi jamiyat qurishda faol ishtirok etish mumkin emas.

O‘quv-seminarda amaliy mashg‘ulotlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hususida fikr almashib, galdagi vazifalar belgilab olindi.               

                                  O'zLiDeP Buxoro viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1516
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+