“Faol tadbirkorlar Murojaati kuchimizga kuch, g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shdi”, deyishmoqda poytaxtlik tadbirkorlar

26.02.2018, 20:48

“Faol tadbirkorlar Murojaati kuchimizga kuch, g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shdi”, deyishmoqda poytaxtlik tadbirkorlar

O‘zLiDeP Toshkent shahar va Chilonzor tuman Kengashi hamkorligida “Prezident g‘oyalari bilan kelajak sari” shiori ostida o‘tkazilgan “O‘zbekiston faol tadbirkorlari anjumani” ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Murojaatni poytaxtlik tadbirkor va ishbilarmonlar orasida keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi vakillari, tadbirkor va partiya faollari  ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zLiDeP Toshkent shahar va Chilonzor tuman Kengashi faollari tomonidan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan keng qamrovli ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qator amaliy ishlar bajarilayotgani ta’kidlandi. 

– Prezidentimiz tashabbusi bilan yurt ravnaqi uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni qamrab olgan, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili”, Davlat dasturining qabul qilingani biz tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi, – deydi Yorqin Malikov. – Ikki avval qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va aholiga tayyor mahsulot yetkazib berish maqsadida korxona tashkil etgan edik. Dastlab 8 nafar xodim bilan ish boshlagan bo‘lsak, bugunga kelib yana 22 kishini ish bilan taminladik. Kelgusida ham faoliyatimizni yanada kengaytirib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirganmiz.

Yig‘ilishda Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha fikr almashib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

Murodjon O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1406
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+