O‘zLiDeP faollari yosh kitobxonlar orasida

27.02.2018, 10:08

O‘zLiDeP  faollari  yosh kitobxonlar orasida

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” hamda Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida yosh kitobxonlar uchun tanlov tashkil etildi.

Xalqaro ona tili kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tanlovda kutubxonada faoliyat olib borayotgan xorijiy til klublari o‘zaro bellashdilar.

Tanlovda O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, tanlov va loyihalar yuzasidan kengroq tushunchalar berildi. Ishtirokchilarga partiya “Yoshlar qanoti” loyihalari aks etgan tarqatma materiallar topshirildi.

Tadbir ishtirokchilari partiya faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, partiyamiz loyihalariga qiziqishi ortdi. Ayniqsa, “Yosh liberallar” klubi faoliyati qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Shu bois Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida ham “Yosh liberallar” klubini tashkil etishga kelishib olindi.

Tanlovda koreys tili klubining “Pinnanin hangugo” jamoasi 1-o‘ringa munosib ko‘rilgan bo‘lsa, Ingliz tili klubining “Maverick” va nemis tili klubining “Junge Sterne” jamoalari 2- o‘ringa loyiq deb topildi.

Tanlov yakunida g‘oliblar O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1383
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+